Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 30-aprel 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zLiDeP tadbirkorlarni himoya qilishda Biznes-ombudsman bilan yaqindan hamkorlik qiladi

30.04.2026
92

O‘zLiDeP hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Biznes-ombudsman devoni o‘rtasida tadbirkorlik sub’yektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan Hamkorlik memorandumi imzolandi. “Xalq bilan birga” loyihasi doirasidagi mazkur hamkorlik mamlakatimizdagi ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga xizmat qiladi
Memorandum doirasida tadbirkorlar murojaatlarini tezkor ko‘rib chiqish, “tezkor huquqiy himoya” tizimini joriy etish, ishbilarmonlar manfaatlarini himoya qilishda parlament va mahalliy kengash deputatlari imkoniyatlarini safarbar qilish kabi aniq vazifalar belgilandi. Shuningdek, amaldagi qonunchilikni tahlil qilish, tadbirkorlikka to‘sqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish hamda qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish nazarda tutilgan.
Hamkorlik yo‘nalishlarida yoshlar va ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, IT, fintex, “yashil iqtisodiyot” va startaplar sohasida innovasion loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu bilan birga, joylarda tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazish, xalqaro tajribani o‘rganish, seminar va anjumanlar tashkil etish orqali tadbirkorlarning bilim va ko‘nikmalarni oshirish rejalashtirilgan.
Ushbu hujjat tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, sohadagi muammolarni tizimli hal etish bo‘yicha huquqiy mexanizmlarni takomillashtirishga xizmat qiladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?