Asosiy kontentga o‘tish
Dushanba 13-aprel 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zLiDeP Urganchlik yoshlarning startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlaydi

13.04.2026
19

Urganch shahridagi Ma’mun universitetida O‘zLiDeP tashabbusi bilan “Yangi O‘zbekiston yoshlari: farovonlik va innovasion kelajak sari” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.

“Xalq bilan birga” dasturi doirasida tashkil etilgan ushbu uchrashuvda yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va tashabbuslari tinglandi.

Muloqotda yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish, ularni qo‘llab-quvvatlash, grant va imtiyozli kreditlar ajratish, shuningdek, zamonaviy ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ishtirokchilar universitetda yaratilgan shart-sharoitlar, jumladan “Biznes hub” markazi va innovasion imkoniyatlar bilan ham tanishdilar.

Uchrashuv davomida yoshlar o‘z g‘oya va takliflarini bildirib, qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?