Asosiy kontentga o‘tish
Yakshanba 03-may 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zLiDeP va Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

03.05.2026
59

2026 yil 3 may kuni O‘zLiDeP Siyosiy kengashi Ijroiya qo‘mitasida Taro Kono boshchiligidagi Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi (YALDP) delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda shuningdek ikki davlat parlamentlari a’zolari ishtirok etishdi.2026 yil 3 may kuni O‘zLiDeP Siyosiy kengashi Ijroiya qo‘mitasida Taro Kono boshchiligidagi Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi (YALDP) delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda shuningdek ikki davlat parlamentlari a’zolari ishtirok etishdi.
 Bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida ishtirokchilar keyingi yillarda O‘zbekiston–Yaponiya munosabatlari kengaytirilgan strategik sheriklik formatiga o‘tganligini alohida qayd etishdi. Uchrashuv ishtirokchilari ayniqsa, 2025 yilning 18-20 dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Yaponiyaga rasmiy tashrifi va ushbu tashrif davomida o‘tkazilgan oliy darajadagi uchrashuvlar ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni mutlaqo yangi darajaga olib chiqqanligini ta’kidlab o‘tishdi. 
 Bugungi kunda O‘zbekistonning Yaponiya bilan siyosiy, iqtisodiy sohalarda hamkorligi, investisiya, innovatsiya, ta’lim va boshqa qator yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli aloqalari tizimli ravishda o‘sib borayotganligi davlatlar o‘rtasida o‘zaro ishonch va yaqin do‘stlikka asoslangan munosabatlarning yaqqol natijasi ekanligi ta’kidlanib, kelajakda ushbu yo‘nalishlardagi sa’y-harakatlarni yangi darajalarga olib chiqish uchun zarur imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga to‘xtalib o‘tildi. 
 Muloqotda o‘zaro munosabatlarni yanada mustahkamlashda ikki davlat yetakchi partiyalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashning o‘rni xususida gap bordi. 
 Partiyalararo hamkorlik mexanizmning bu boradagi imkoniyatlari, ularni ishga solish uchun amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar xususida fikr almashildi.
 Ikki tomonlama muhokamalar so‘ngida O'zLiDeP va YALDP o‘rtasida Hamkorlik memorandumini imzolash marosimi ham bo‘lib o‘tdi. 
 Mazkur Memorandum doirasida tomonlar partiya qurilishi, parlament faoliyati, kadrlar siyosati va ta’lim sohalarida o‘zaro tajriba almashishga kelishib olishdi. Shuningdek, partiya faoliyatini raqamlashtirish, institusional rivojlanish va zamonaviy boshqaruv usullarini keng joriy etish kabi muhim yo‘nalishlarda hamkorlikni kuchaytirish borasida vazifalar belgilab olindi. 
 Memorandumda ushbu davlatlarning milliy parlamentlaridagi partiya fraksiyalari a’zolari va mahalliy vakillik organlaridagi deputatlik korpuslari vakillari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga ham alohida e’tibor qaratildi. Qolaversa, yoshlar va xotin-qizlarning siyosiy jarayonlardagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlash muhim vazifa sifatida qayd etildi.
 Tadbir yakunlari bo‘yicha tomonlar hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. 
 Uchrashuv konstruktiv va do‘stona ruhda o‘tdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?