Asosiy kontentga o‘tish
Juma 10-aprel 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zLiDeP va Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi

09.04.2026
97

Bugun O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasida Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi bilan onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi.
Unda Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi (YALDP)ning Taro Kono boshchiligidagi partiya xalqaro byurosi rahbariyati va mamlakat parlamentidagi deputatlari ishtirok etishdi.
O‘zLiDeP studiyasidan partiya Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi A.Xaitov, partiya Ijroiya qo‘mitasi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi a’zolari qatnashishdi.
Uchrashuvda, shuningdek, Tokio shahridagi studiyadan O‘zbekistonning Yaponiyadagi favqulodda va muxtor elchisi M.T.Abduraxmonov ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida tomonlar so‘nggi yillarda O‘zbekiston–Yaponiya munosabatlarining keng qamrov kasb etib borayotganligi, hamkkorlik munosabatlari iqtisodiy sohadan tashqari madaniy, gumanitar sohalarni ham qamrab olayotganligiga urg‘u berishdi.
Munosabatlarning yangi darajaga ko‘tarilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2025 yil dekabr oyidagi Yaponiyaga rasmiy tashrifi davomida amalga oshirilgan uchrashuvlar va imzolangan kelishuvlarning alohida o‘rni ta’kidlab o‘tildi. Ayniqsa, ikki tomonlama munosabatlarning kengaytirilgan strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilganligi munosabatlarning yangi sifat darajasidan dalolat berishiga e’tibor qaratildi.
Yaponiya tomoni O‘zbekistondagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlagan holda ta’lim, iqtisodiyot va zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirishga qiziqish bilan qarayotganligini ta’kidladi. Ushbu yo‘nalishlardagi hamkorlikning samarali amalga oshirilishida yetakchi siyosiy partiyalarning hamkorligi muhim o‘rni tutishi qayd etildi.
Muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi va bu borada amalga oshiriladigan aniq qadamlar belgilab olindi.
Uchrashuv konstruktiv va do‘stona ruhda o‘tdi.


O‘zLiDeP Matbuot xizmati

Saytni yangi dizayni yoqdimi?