Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 11-iyun 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zLiDeP vakili xalqaro forumda ishtirok etdi

10.06.2026
105

Rossiyaning Perm shahrida “Katta Yevroosiyo makonida yagona va teng huquqli xavfsizlik tizimini shakllantirish hamda hamkorlikni mustahkamlash” mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tdi. Unda Osiyo va Yevropa davlatlaridan 200 nafardan ortiq siyosatchi, parlament a’zolari, ekspertlar va jamoat vakillari ishtirok etdi.

Forumda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi delegatsiyasi ham faol qatnashdi. Delegatsiyaga O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi apparatining Fraksiya va deputatlik birlashmalari bilan ishlash departamenti rahbari A.Alimov boshchilik qildi. U forumda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, tashqi savdo va transport-logistika sohasidagi ishlar haqida ma’ruza qildi.

Tadbir davomida Yevroosiyo davlatlari o‘rtasida xavfsizlik, iqtisodiy hamkorlik, transport yo‘laklari, raqamli iqtisodiyot va yoshlar siyosati kabi masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, partiyalararo aloqalarni mustahkamlash va xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha fikr almashildi.

Forum yakunida O‘zLiDeP delegatsiyasining ishtiroki partiyaning xalqaro aloqalarini kengaytirish, xorijiy hamkorlar bilan tajriba almashish hamda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni xalqaro maydonda targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etgani ta’kidlandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?