Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 15-iyul 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zLiDePning sayyor qabulida 40 nafar murojaatchi “O‘zmetkombinat”ga ishga joylashdi

11.07.2026
71

O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Bekobod shahrida sayyor qabul o‘tkazildi. Unda 200 nafardan ortiq fuqaro ishtirok etib, 80 dan ziyod murojaat bildirildi. Qabul jarayonida bandlik, ijtimoiy himoya, uy-joy, sog‘liqni saqlash, kommunal xizmatlar va huquqiy masalalar yuzasidan ko‘tarilgan murojaatlarning 60 ga yaqini shu joyning o‘zida hal etildi.

Qabulning eng muhim natijalaridan biri aholi bandligini ta’minlash bo‘ldi. Murojaatlarning 40 dan ortig‘i “O‘zmetkombinat” AJga ishga joylashish bilan bog‘liq bo‘lib, fuqarolar mavjud vakant lavozimlarga qabul qilinishi va malaka talab etadigan kasblarga korxona tomonidan bepul o‘qitilishi belgilandi.

Tadbir davomida nogironligi bo‘lgan shaxslarni ish bilan ta’minlash, moddiy yordam, chet elda davolanish, nafaqa va uy-joy masalalari ham mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqildi. Ayrim murojaatlar deputatlar va shahar hokimligi nazoratiga olinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?