Asosiy kontentga o‘tish
Shanba 18-aprel 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zLiDePning yoshlarga bag‘ishlangan loyihalari doirasida yigit-qizlarning innovasion loyihalariga e’tibor qaratildi

15.04.2026
140

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi tomonidan Samarqand iqtisodiyot va servis universitetida “Kreativ yoshlar” hamda “Yangi avlod kadrlari” loyihalari doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Uchrashuvda kreativ tashabbuslar va innovasion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mutaxassislar tomonidan yoshlarga startaplarni shakllantirish, ularni rivojlantirish va bozor talablariga mos mahsulot yaratish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Bu esa ishtirokchilarning tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.

Tadbirda ishtirok etgan yoshlar o‘zlarining yangi g‘oyalari va loyihalari bilan o‘rtoqlashib, tajriba almashdilar. Ularning tashabbuslari orasida milliy mahsulotlar yaratish, raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan g‘oyalar alohida e’tiborga loyiq bo‘ldi.

Uchrashuv yakunida bunday tadbirlar yoshlarning salohiyatini ochib berish, ularni qo‘llab-quvvatlash va kelgusida raqobatbardosh kadrlar sifatida shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. Shuningdek, yoshlarning bandligini ta’minlash va ularni faol hayotiy pozisiyaga ega bo‘lishga undash ustuvor vazifa ekani qayd etildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?