Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 14-may 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Pastdarg‘omda muammolar joyida hal etildi

14.05.2026
68

O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Go‘zalkent qo‘rg‘onida o‘tkazilgan sayyor qabul chinakam natijalar maydoniga aylandi. Unda 300 ga yaqin fuqaro ishtirok etib, o‘z muammolariga yechim izladi. Natijalar esa ko‘p kuttirmadi: 70 dan ortiq murojaatning 20 tasi shu joyning o‘zida hal etildi.

Qabulda yo‘l ta’miri, elektr va gaz ta’minoti kabi kundalik masalalar bilan birga, inson taqdiriga oid muhim qarorlar ham qabul qilindi. Masalan, kimdir suyultirilgan gaz bilan ta’minlandi, yana kimgadir salomatligini tiklash uchun imtiyozli order berildi. Bunday amaliy ishlar odamlarning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlamoqda.

Shuningdek, mahalla ayollarining tadbirkorlik tashabbuslari ham qo‘llab-quvvatlandi. 8 nafar xotin-qizni ish bilan band qilgan Bo‘ston Isroilova kabi ishbilarmon ayollar faoliyati o‘rganilib, rag‘batlantirildi. Partiyamiz aholi muammolarini tinglash va ularga tezkor yechim topishda davom etadi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?