Asosiy kontentga o‘tish
Juma 12-iyun 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Samarqandda “Yosh fermerlar tajriba maktabi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi

11.06.2026
45

Samarqand tumanidagi “A’zam Azamat Agro” fermer xo‘jaligida O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturiy doirasida “Yosh fermerlar tajriba maktabi” tashkil etildi.

Tadbirda partiya vakillari, fermerlar, soha mutaxassislari hamda yosh tadbirkorlar ishtirok etib, qishloq xo‘jaligida zamonaviy yondashuvlar, agrotexnologiyalar va fermerlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur tajriba maktabi orqali yoshlarga fermerlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, mahsulot yetishtirish, qayta ishlash va bozorga chiqarish bo‘yicha amaliy bilimlar beriladi.

“A’zam Azamat Agro” fermer xo‘jaligi bugungi kunda g‘allachilik, meva-sabzavotchilik, chorvachilik va boshqa yo‘nalishlarda samarali faoliyat yuritib, aholi bandligini ta’minlashda ham munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Yangi tashkil etilgan “Yosh fermerlar tajriba maktabi” esa qishloq xo‘jaligi sohasiga qiziqqan yoshlar uchun tajriba va bilim olish maydoni bo‘lib xizmat qiladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?