Asosiy kontentga o‘tish
Juma 31-iyul 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Sayyor qabul: 1000 dan ziyod xonadon, 235 nafar ishtirokchi, 147 ta yechim

31.07.2026
57

O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Shayxontohur tumanida navbatdagi “Sayyor qabul” tashkil etildi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, mahalliy Kengash deputatlari, mutasaddi tashkilotlar va mahalla faollari ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

Tadbirda 235 nafardan ziyod fuqaro qatnashdi va 147 ta murojaatga yechim topildi. Sayyor qabuldan oldin mahallalarda 1000 dan ortiq xonadon holidan xabar olinib, aholining muammolari o‘rganildi.

Shuningdek, qabul doirasida yolg‘iz keksalar va ehtiyojmand oilalarga amaliy yordam ko‘rsatildi. Nogironligi bo‘lgan fuqarolarga eshitish moslamalari, bemorlarga bepul davolanish yo‘llanmalari berildi, ishsiz fuqarolarning bandligi ta’minlandi. Bir qator oilalarga oziq-ovqat, dori-darmon, maishiy texnika va boshqa zarur jihozlar yetkazib berildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?