Asosiy kontentga o‘tish
Juma 07-avgust 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Sergelida sayyor qabul: 149 ta masala joyida yechim topdi

05.08.2026
114

O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Sergeli tumanida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. Unda partiya vakillari, mahalliy Kengash deputatlari, tuman hokimligi mutasaddilari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Sayyor qabulda 225 nafar fuqaro ishtirok etib, ular tomonidan ko‘tarilgan 149 ta masalaga joyida yechim topildi. Shuningdek, tadbir oldidan 1000 dan ortiq xonadonga tashrif buyurilib, kam ta’minlangan oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va yolg‘iz keksalarning holidan xabar olindi.

Tadbir davomida ehtiyojmand fuqarolarga eshitish moslamalari, bepul davolanish yo‘llanmalari, oziq-ovqat, dori-darmon va ro‘zg‘or buyumlari topshirildi, ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlashga ham ko‘maklashildi.

Bu kabi sayyor qabullar aholi muammolarini joyida hal etish va odamlarni qiynayotgan masalalarga amaliy yechim topishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?