Asosiy kontentga o‘tish
Dushanba 13-aprel 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Shaxrixonda “Yosh fermerlar maktabi” tashkil qilindi

13.04.2026
22

O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Shaxrixon tumanidagi “Dorilomon” mahallasida “Yosh fermerlar maktabi” tashkil qilindi.

Ushbu loyiha doirasida yoshlar fermerlikning nazariy asoslari bilan birga amaliy ko‘nikmalarni ham o‘zlashtirmoqda. Ular yetishtirish texnologiyalari, yerdan samarali foydalanish va mahsulot sifatini oshirish bo‘yicha bilimlarini boyitmoqda.

Shuningdek, Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida tashkil etilgan o‘quv-seminarlar davomida ishtirokchilar zamonaviy agrotexnologiyalar, innovasion yechimlar va bozor talablariga mos ishlash usullari bilan tanishdilar. Yoshlar laboratoriyalar, tajriba maydonlari hamda innovasion korxonalar faoliyatini ko‘zdan kechirib, nazariyani amaliyot bilan bog‘lash imkoniga ega bo‘ldilar.

Mutaxassislar tomonidan berilgan maslahatlar va amaliy mashg‘ulotlar yoshlarda fermerlikka bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi. Eng muhimi, ularda mustaqil fikrlash, tashabbuskorlik va zamonaviy yondashuvlar asosida ishlash ko‘nikmalari shakllanmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?