Asosiy kontentga o‘tish
Shanba 18-iyul 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Shirindagi sayyor qabulda 51 murojaatga yechim topildi

16.07.2026
26

O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Shirin shahrida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. Unda senator, O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi raisi Pokiza Ahmedjanova, shahar hokimi Dilfuza Kambarova, mahalliy deputatlar va tegishli tashkilotlar mas’ullari ishtirok etdi. Qabulda fuqarolardan jami 76 ta murojaat qabul qilinib, ularning 51 tasi shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi.

Sayyor qabul davomida ish bilan ta’minlash, yer va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, soliq, turar joyni ta’mirlash, kanalizatsiya, elektr ta’minoti, bolalar maydonchasini yoritish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitishga oid masalalar muhokama qilindi. Jumladan, A. Sarimsoqov va M. Hamidovaning bandlikka oid murojaatlari hamda Sh. Akramovning issiqxona uchun ajratilgan yer maydoniga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bo‘yicha murojaati yuzasidan amaliy yechimlar belgilandi.

Sayyor qabulda har bir murojaat mas’ullar ishtirokida atroflicha o‘rganilib, aniq vazifalar belgilab olindi. Bu kabi ochiq muloqotlar aholi muammolarini o‘z vaqtida hal etish, davlat organlari va fuqarolar o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlash hamda inson manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?