Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 14-may 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Shovotdagi mahorat darsi orqali 4 nafar ayol ishga joylashdi

14.05.2026
56

O‘zLiDePning “Bunyodkor ayollar” loyihasi doirasida Shovot tumanidagi “ARTATEX” korxonasida xotin-qizlar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Tadbirda ishtirok etgan 30 dan ortiq ayol-qizlar trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish va tadbirkorlik sirlarini bevosita jarayonning ichida o‘rganishdi.

Eng muhimi, mahorat darsi amaliy natija bilan yakunlandi: 4 nafar xotin-qiz shu yerning o‘zida doimiy ishga joylashtirildi.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu korxonada bugungi kunda 200 dan ortiq ayollar mehnat qilmoqda, ularning 20 foizi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar vakillaridir. Partiyamiz ayollarni kasb-hunarga o‘rgatish va ularning bandligini ta’minlash orqali oilalar farovonligiga hissa qo‘shishda davom etadi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?