“Soyot”lik shaxmatchilar g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi
O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” dasturi doirasida partiya tashkil etilganining 23 yilligi munosabati bilan quyi bo‘g‘inlar o‘rtasida “O‘zLiDeP kubogi” sport musobaqalari o‘tkazilmoqda.
Bu esa Xorazm viloyatidagi 1 292 ta boshlang‘ich partiya tashkilotining sport tadbirlarida faol ishtirok etishi uchun imkoniyat yaratmoqda. Bellashuvlar partiya a’zolari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish va jamoaviylikni mustahkamlashga qaratilgan.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Soyot” mahallasidagi boshlang‘ich partiya tashkiloti jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. “Shomoxulum” mahallasiga qarashli boshlang‘ich partiya tashkiloti ikkinchi, “Istiqlol” mahallasiga qarashli BPT jamoasi esa uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Musobaqalar yakunida g‘oliblar va faol ishtirokchilar partiya tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.