Asosiy kontentga o‘tish
Juma 06-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

“Ishbilarmon ayol – 2026”: tadbirkorlik salohiyati, tashabbus va muvaffaqiyat e’tirofi

06.11.2026
50

Xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy islohotlardagi faol ishtirokini ta’minlash, ularning tadbirkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash O‘zLiDePning ustuvor vazifalaridan biridir.

Ana shu maqsadda partiyaning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi tashabbusi bilan “Ishbilarmon ayol – 2026” ko‘rik-tanlovining hududiy-respublika bosqichi tashkil etildi.

Ta’kidlash kerak, joriy yilda viloyatning 16 ta tuman va shahridagi 1058 ta mahallada o‘tkazilgan saralashlarda 16 nafar eng faol tadbirkor ayol hududiy-respublika bosqichida qatnashish huquqiga ega bo‘lgan edi. 4 noyabr kuni Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida o‘tkazilgan tadbirda partiya vakillari, deputatlar, tadbirkor ayollar hamda mehmonlar ishtirok etdi.

Tanlovda qatnashgan xotin-qizlar o‘z tadbirkorlik faoliyati, ishlab chiqarayotgan mahsulotlari, amalga oshirayotgan loyihalari va istiqboldagi rejalarini namoyish etdilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra, Samarqand shahridan “Hamida Inoyatova art fashion” direktori, zardo‘zlik san’ati ustasi va etno-avangard yo‘nalishi asoschisi Hamida Jo‘raqulova birinchi o‘rinni egalladi.

Qayd etish kerak, “Ishbilarmon ayol – 2026” ko‘rik-tanlovi xotin-qizlarning tadbirkorlik salohiyatini namoyon etish, muvaffaqiyatli biznes tajribalarini ommalashtirish va yangi tashabbuslarni rag‘batlantirish uchun muhim maydon bo‘lmoqda. Zero, bugungi tadbirkor ayol nafaqat oilasi farovonligini ta’minlamoqda, balki yangi ish o‘rinlari yaratib, boshqa xotin-qizlarni ham mehnat va tadbirkorlikka jalb etmoqda. Tanlov orqali ular o‘rtasida tajriba almashish, hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va ayollar tadbirkorligini yanada rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?