Asosiy kontentga o‘tish
Shanba 04-iyul 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Tajribali tadbirkorlar yoshlarga biznesning sir-asrorlarini o‘rgatdi

02.07.2026
102

O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Buxoro viloyatida tadbirkor ayollar, yoshlar va xotin-qizlar ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi.

Uchrashuvda tadbirkor ayollar o‘zlarining biznes boshlash tajribasi, erishgan yutuqlari va duch kelgan qiyinchiliklarni yengish yo‘llari haqida so‘zlab, yoshlarga amaliy maslahat va ilhom berdilar. Shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan bir qator yangi tashabbuslar ilgari surildi. Jumladan, tajribali ishbilarmon ayollarning yoshlarga bepul mentorlik qilishi, muntazam biznes uchrashuvlari va eng yaxshi startap g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash taklif etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar biznesni yo‘lga qo‘yish, imtiyozli kreditlar va soliq masalalari bo‘yicha mutaxassislardan javob oldilar. Yakunda tadbirkorlikni boshlash istagidagi yoshlar ro‘yxati shakllantirilib, ularni o‘quv seminarlari va amaliy loyihalarga jalb etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?