Talaba yoshlarning taklif va g‘oyalari eshitildi
OʻzLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Buxoro davlat texnika universitetida “Deputat va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar, partiya faollari va talaba-yoshlar ishtirok etib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlar siyosati, ta’lim, bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari haqida fikr almashdilar.
Muloqot davomida talabalar tomonidan ta’lim sifati, grant va kreditlar, xorijiy tillar, IT sohasi, ish bilan ta’minlash hamda yoshlar tadbirkorligiga oid qator taklif va savollar bildirildi. Barcha murojaatlar yuzasidan mas’ullar tomonidan tegishli tushuntirishlar berildi. Shuningdek, universitetda innovatsiya markazini tashkil etish, startaplarni qo‘llab-quvvatlash, mehnat yarmarkalarini o‘tkazish kabi tashabbuslar ilgari surildi.
Tadbir yakunida jamoat ishlarida faol ishtirok etayotgan 23 nafar yoshga OʻzLiDeP a’zolik guvohnomalari topshirildi. Bu kabi uchrashuvlar yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ularning jamiyatdagi faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.