Asosiy kontentga o‘tish
Juma 12-iyun 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Deputat tashabbusi bilan Xo‘jaqishloqda yangi transformator o‘rnatib berildi

10.06.2026
132

Toyloq tumani Xo‘jaqishloq mahallasi aholisi tomonidan elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha bildirilgan murojaatlar deputatlar e’tiborida bo‘ldi. Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Nasiba Mo‘minova muammoni joyiga chiqib o‘rganib, uni deputatlik nazoratiga oldi.

Natijada mahallaga quvvati 100 kVt bo‘lgan yangi transformator olib kelinib o‘rnatildi. Shuningdek, mahalla faollari tashabbusi bilan qo‘shimcha ravishda 160 kVA quvvatli yana bir transformatorni o‘rnatish ishlari ham boshlandi.

Amalga oshirilayotgan ishlar aholining elektr ta’minotini yaxshilash, xonadonlarda uzluksiz energiya yetkazib berish va mahalladagi muammolarga amaliy yechim topishga xizmat qilmoqda. Bu esa deputat, mahalla va mutasaddi tashkilotlar hamkorligi samarasining yana bir namunasi bo‘ldi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?