Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 27-may 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Taxiatoshdagi sayyor qabulda 8 kishi ish bilan ta’minlandi, 7 talabaga kontrakt to‘lovlari uchun vaucherlar topshirildi

26.05.2026
34

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Taxiatosh tumanida sayyor qabul tashkil etildi.

Qabulda 150 nafardan ortiq fuqaro qatnashib, 80 ga yaqin murojaatlar qabul qilindi. Bandlik, uy-joy, kommunal xizmat, tibbiyot, ta’lim va tadbirkorlikka oid qator masalalar muhokama qilinib, ko‘plab murojaatlarga shu joyning o‘zida yechim topildi. Jumladan, ijtimoiy reyestrda turgan 8 nafar fuqaro ish bilan ta’minlandi, 7 nafar talabaga kontrakt to‘lovlari uchun vaucherlar topshirildi hamda 3 nafar fuqaroga qushchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun inkubator ajratilishi belgilandi.

Tadbir davomida xotin-qizlar va yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularni kasb-hunarga o‘qitish va yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha ham muhim tashabbuslar ilgari surildi. Bu kabi sayyor qabullar aholi muammolarini joyida hal qilish, inson qadrini ulug‘lash va xalq ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?