Taxiatoshlik mahallaning ishbilarmon ayollari saralandi
O‘zLiDeP Taxiatosh tuman Kengashi tashabbusi bilan mahallalarda xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Mahallaning ishbilarmon ayoli” tanlovi tashkil etildi. Unda ishtirokchilar o‘z biznes loyihalari, mahsulotlari va mehnat faoliyati natijalarini namoyish etdilar.
Tanlov davomida tikuvchilik, gilamchilik, konditerlik, non mahsulotlari ishlab chiqarish kabi yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkor ayollar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, mahallalarda xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasidagi ishlarini taqdim etdilar.
Tadbir doirasida mehnat yarmarkasi ham o‘tkazilib, ish izlayotgan xotin-qizlar uchun yangi imkoniyatlar yaratildi. Yarmarka natijasida 3 nafar ayol doimiy ish bilan ta’minlandi. Bu kabi tashabbuslar xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.