Asosiy kontentga o‘tish
Juma 30-yanvar 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

“Temurbeklar maktabi”da milliy armiyaga hurmatni yuksaltiruvchi ma’rifiy tadbir tashkil etildi

14.01.2026
267

O‘zLiDeP tashabbusi bilan “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik liseyida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 34 yilligi hamda 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. “Kuchli armiya – xavfsizlik va barqarorlik, xalqimizning farovon hayoti kafolatidir” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda partiya Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va Toshkent shahar Kengashi xodimlari, Mudofaa vazirligining mas’ul vakillari va faxriylari, shuningdek, lisey ofiserlari hamda o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, suverenitet va hududiy yaxlitlikni himoya qilish, mudofaa salohiyatini mustahkamlash masalalari partiya faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidlashdi. Shuningdek, ma’ruzada partiya dasturida belgilab qo‘yilgan “O‘zbekiston xalqiga tinchlik va osoyishtalik kerak” degan tamoyil xavfsizlik sohasidagi barcha sa’y-harakatlarning g‘oyaviy asosi ekani alohida ta’kidlandi. Bugungi kunda mintaqada va dunyoda kechayotgan murakkab geosiyosiy jarayonlar sharoitida erishilgan natijalarni chuqur tahlil qilish, milliy armiyani yanada rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni izchil qo‘llab-quvvatlash dolzarb vazifa sifatida ko‘rsatib o‘tildi.

Mazkur tadbir ishtirokchilarda Vatanga sadoqat, milliy armiyamizga hurmat va faxr tuyg‘ularini yanada mustahkamladi. Bayramona ruhda o‘tgan uchrashuv yoshlarda vatanparvarlik hissini kuchaytirish, harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishni oshirish va Qurolli Kuchlarimizda xizmat qilayotgan fidoiylar mehnatiga chuqur ehtirom uyg‘otishga xizmat qildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?