Asosiy kontentga o‘tish
Dushanba 11-may 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Termiz shahridagi sayyor qabulda 56 murojaatga yechim topildi

08.05.2026
68

O'zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Termiz shahrida sayyor qabul tashkil etildi. Unda 150 nafarga yaqin fuqaroning murojaatlari ko‘rib chiqildi. Qabulda senatorlar, mahalliy Kengash deputatlari, hokimlik va kommunal soha mutasaddilari ishtirok etib, aholini qiynayotgan masalalarga yechim izlandi.

Sayyor qabul davomida ish bilan ta’minlash, ijtimoiy yordam, tibbiy xizmat, gaz, suv va elektr ta’minoti bilan bog‘liq murojaatlar tinglandi. Xususan, “Manguzar” mahallasida yashovchi Zarina Qobilovaning nogironligi bo‘lgan farzandi uchun maxsus aravacha ajratildi, “Namuna” mahallasi fuqarosi Fotima Roziqovaning gaz balloni bo‘yicha murojaati ham joyida hal etildi.

Qabul yakunida 56 ta murojaat ijobiy hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab qiluvchi masalalar esa nazoratga olindi. Bunday ochiq muloqotlar aholi muammolarini tezkor hal qilish, inson qadrini ulug‘lash va xalq ishonchini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?