Termizlik 110 nafar fuqaro bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
“Salomatlik sari” aksiyasi doirasida Termiz tumanida bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
“Quyoshli yurt” mahallasida o‘tkazilgan aksiyada ijtimoiy ko‘makka muhtoj 110 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tadbir O‘zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi “Ayollar qanoti” hamda mahalliy deputatlar tashabbusi bilan tashkil qilindi.
Bu kabi aksiyalar aholi salomatligini asrash va kasalliklarni erta aniqlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.