Asosiy kontentga o‘tish
Juma 31-iyul 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

To‘rtko‘ldagi sayyor qabul: murojaatlar yechim topmoqda

11.07.2026
123

O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy loyihasi doirasida To‘rtko‘l tumanida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqarolarning ichimlik suvi, elektr, gaz ta’minoti, ijtimoiy himoya, bandlik, tibbiy xizmat va imtiyozli kreditlarga oid murojaatlar muhokama qilindi. Murojaatlarning bir qismi shu joyning o‘zida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan masalalar esa mas’ullar nazoratiga olindi.

Sayyor qabulda aholini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qator amaliy ishlarga qo‘l urildi. Jumladan, 5 nafar nogironligi bo‘lgan fuqaroga aravacha, 5 nafar yoshga kontrakt to‘lovlari uchun ko‘mak, 3 nafar xotin-qizga tadbirkorlikni boshlash uchun maxsus pechlar, 2 nafar fuqaroga parrandachilik uchun inkubator hamda 5 nafar keksaga sanatoriy yo‘llanmalari topshirildi. Shuningdek, 5 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlandi.

Sayyor qabuldan so‘ng Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati R. Mamutov nogironlik aravachalari so‘rab murojaat qilgan fuqarolar xonadoniga tashrif buyurib, ularga aravachalarni shaxsan topshirdi. Bu kabi amaliy yondashuvlar aholi murojaatlarini tezkor hal etish, manzilli ko‘mak ko‘rsatish va xalq bilan ochiq muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?