Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 05-mart 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Urganchda mahallaning eng faol ishbilarmon ayollari saralandi

04.03.2026
38

O‘zLiDeP tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Mahallaning ishbilarmon ayoli” loyihasi mahallalardagi faol va tashabbuskor xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda. Xorazm viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” tashabbusi doirasida Urganch shahridagi “Navbahor” va “Ma’rifat” mahallalaridagi tadbirkor ayollar bilan muloqotlar o‘tkazildi, ularning yutuq va rejalari yaqindan o‘rganildi.

“Navbahor” mahallasidagi tadbirkor Go‘zaloy Rahimova Xitoy texnologiyalari asosida milliy uslubda gul bosilgan chokli gazlamalar tikishda faoliyat yuritib, qisqa vaqt ichida 10 nafar yoshga doimiy ish o‘rni yarata oldi. U o‘z mahsulotlarini nafaqat ichki, balki Turkiya va Qozog‘istonga eksport qilib, bu yil Rossiya bozoriga ham kirishni rejalashtirmoqda.

“Ma’rifat” mahallasidagi Muhabbat Sa’dullayeva esa tikish-bichish sohasida samarali faoliyat yuritib, ko‘rpa va yostiq kabi mahsulotlar tayyorlab, mingdan ortiq shogird tayyorladi. Uning shogirdlari orasida mustaqil faoliyat yuritayotgan yoshlar ham bor bo‘lib, yangi ish o‘rinlari yaratayotganlar ham talaygina. Tanlov natijasiga ko‘ra, ikkala tadbirkor eng faol ayollar sifatida shahar bosqichiga yo‘llanma oldi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?