Asosiy kontentga o‘tish
Yakshanba 07-iyun 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Urgutdagi sayyor qabulda 50dan ortiq murojaat yechim topdi

06.06.2026
88

“Xalq bilan birga” umummilliy loyihasi doirasida Urgut tumanida tashkil etilgan sayyor qabulda aholi uchun muhim bo‘lgan masalalar muhokama qilindi. Tadbirda O‘zLiDeP Samarqand viloyati Kengashi rahbariyati, mahalliy Kengash deputatlari, tuman hokimligi va mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Qabulda qariyb 300 nafar fuqaro qatnashib, 100 dan ortiq murojaat kelib tushdi. Ularda asosan ichimlik suvi va gaz ta’minoti, yo‘llarni ta’mirlash, kadastr, bandlik, tadbirkorlik va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi. Murojaatlarning 50 dan ortig‘i joyida hal etilib, qolganlari tegishli tashkilotlar nazoratiga olindi.

Sayyor qabul davomida har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, amaliy choralar belgilandi. Bu kabi uchrashuvlar aholi muammolarini tezkor hal etish, davlat idoralari bilan ochiq muloqotni ta’minlash hamda inson manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?