Xalqçil taşabbuslar qöllab-quvvatlanmoqda va amaliy takliflar ham ilgari surilmoqda
ÖzLiDePning navbatdagi Kongressiga tayyorgarlik doirasida hududiy partiya kengaşlarining konferensiyalari bölib ötdi.
Ularda partiyamizning "Xalq bilan birga" dasturi doirasida amalga oşirilayotgan xalqçil taşabbuslar ijrosi ham muhokama etilib, kelgusi ustuvor vazifalar va elektorat manfaatlarini himoya qilişga qaratilgan taşabbuslar va takliflar bildirildi.
Ayniqsa işbilarmonlikni qöllab-quvvatlaş, tadbirkorlik muhitini yaxşilaş, xususiy mulk daxlsizligini ta’minlaş, investitsiyalarni jalb qiliş, kambağallikni qisqartiriş, mahallalarda iqtisodiy faollikni oşiriş, aholi bandligi va daromadlarini köpaytiriş kabi masalalarga muhim e’tibor qaratildi.
Partiya dasturiga muvofiq yoşlar va xotin-qizlarning biznes taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş böyiça işlar ijobiy baholanib, global özgarişlar, sun’iy intellekt va zamonaviy axborot va moliyaviy texnologiyalar davrida strategik vazifalar yuzasidan ham takliflar bildirildi.
Şuningdek, joylardagi muhokamalarda yangi siyosiy Dasturga takliflar partiya faollari, deputatlar, tadbirkorlar, fermerlar va jamoatçilik takliflari asosida şakllanişi muhimligi qayd etildi.
Yangilanayetgan dastur Yangi Özbekistonning rivojlaniş strategiyasiga, inson qadri uçun islohotlarning ruhiga mos bölişi, partiyaning uzoq muddatli maqsadlarini amalga oşirişga xizmat qilişi alohida ta’kidlandi.
Albatta, bunday amaliy taşabbuslar xalq farovonligini oşirişga xizmat qilişi bilan ham ahamiyatlidir.