Asosiy kontentga o‘tish
Shanba 03-oktyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Xonqada shaxmat bo‘yicha musobaqa tashkil etildi

02.10.2026
138

O‘zLiDePning "Xalq bilan birga" umummilliy dasturi doirasida boshlang‘ich partiya tashkilotlari a’zolari ishtirokida shaxmat bo‘yicha “O‘zLiDeP kubogi” tashkil etildi.

Mazkur musobaqalar Xorazm viloyatida faoliyat yuritayotgan 1 292 ta boshlang‘ich partiya tashkilotini qamrab olib, ulardagi 185 mingdan ziyod partiya a’zolarining sport tadbirlarida faol ishtirok etishi, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jamoaviy hamjihatlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Navbatdagi bellashuvlar Xonqa tumanida tashkil etildi. Unda tumandagi barcha boshlang‘ich partiya tashkilotlari ishtirok etdi. Intellektual sport turi bo‘lgan shaxmat bo‘yicha kechgan bahslarda ishtirokchilar o‘zlarining mantiqiy fikrlashi, zukkoligi va strategik yondashuvlarini namoyon etdilar.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuvlar yakuniga ko‘ra, “Madaniy-yer” mahallasidagi boshlang‘ich partiya tashkiloti jamoasi faxrli birinchi o‘rinni egalladi. “Ilg‘or” mahallasidagi BPT jamoasi ikkinchi, “Do‘rman” mahallasidagi boshlang‘ich partiya tashkiloti a’zolari esa uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar, shuningdek, faol ishtirokchilar partiya tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?