Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 18-iyun 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Xorazmda sayyor qabul: 61 ta murojaat ko‘rib chiqildi

17.06.2026
48

O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Qo‘shko‘pir tumanida o‘tkazilgan sayyor qabulda 173 nafarga yaqin fuqaro ishtirok etib, 61 ta murojaat ko‘rib chiqildi.

Murojaatlarning yarmidan ortig‘i joyida hal etildi, 23 ta murojaat bo‘yicha huquqiy tushuntirish va amaliy maslahatlar berildi.

Qabul doirasida “Umid” aksiyasi orqali 4 nafar ehtiyojmand oilaga maishiy texnika vositalari topshirildi. Shuningdek, nogironligi bo‘lgan bolaga aravacha taqdim etildi.

“Faravon oila” aksiyasi doirasida 1 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlandi. Bandlik, imtiyozli kredit, kadastr va tadbirkorlikka oid masalalar bo‘yicha ham murojaatlarga yechim izlandi.

Sayyor qabul aholi muammolarini joyida o‘rganish va ularni hal etishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?