Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 03-iyun 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Yangibozorda “Bir kunda — 1000 kitob” aksiyasi o‘tkazildi

03.06.2026
83

O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida amalga oshirilayotgan “Bir kunda — 1000 kitob” aksiyasi asosida Yangibozor tumani Axborot-resurs markazida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi vakillari, partiya faollari, deputatlar, xotin-qizlar hamda yoshlar ishtirok etib, mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, xotin-qizlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish va ma’naviy tarbiyani kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr almashdilar.

Uchrashuv davomida kutubxona fondi badiiy, ilmiy hamda siyosiy-huquqiy adabiyotlar bilan boyitildi. Sovg‘a qilingan kitoblar xotin-qizlar va yoshlarning bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish, ularda mutolaaga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi.

Tadbirda milliy adabiyotimiz va ma’naviy merosimizni targ‘ib qilish, yosh avlod qalbida milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash bilan bir qatorda, mediasavodxonlikni oshirish, axborot xurujlariga qarshi mustahkam bilim va mustaqil fikr bilan yondashish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?