Yangiyo‘lda 150 dan ortiq murojaatlar eshitildi
Yangiyo‘l tumanida “Xalq bilan birga” dasturi doirasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. Unda 17 ta mahalladan 150 nafardan ortiq fuqaro ishtirok etib, kommunal xizmat, elektr ta’minoti, bandlik, tadbirkorlik va infratuzilmaga oid muammolarini o‘rtaga tashladi.
Qabulda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etib, ko‘tarilgan murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi. Jumladan, tikuvchilik bilan shug‘ullanuvchi fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatilib, tikuv mashinasi topshirildi.
Shuningdek, elektr ustunlarini yangilash, chiqindi xizmati, maktab atrofida harakat xavfsizligini ta’minlash kabi masalalar bo‘yicha amaliy choralar belgilandi. Sayyor qabul aholi muammolarini tezkor hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.