Asosiy kontentga o‘tish
Seshanba 16-Sentyabr 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

“Yashirin” iqtisodiyot ulushi kamaytiriladi

16.09.2025
22

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi yig‘ilishida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi milliy ma’ruzasi muhokama qilindi.

Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashga ustuvor ahamiyat qaratilib, jamiyatda ushbu illatga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish borasida ulkan ishlar qilindi. Xususan, “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinib, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishning huquqiy asoslari yaratildi.

Shuningdek, davlat xaridlari maxsus axborot portalida tovar (ish, xizmat)larning narxlarini jamoatchilik uchun shaffofligi ta’minlandi. Davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlikni ta’minlash bo‘yicha masofaviy monitoring qilish tartibi, davlat xaridlarida yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritishning ma’muriy reglamenti, davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlikka mas’ul xodimlarini o‘qitishga mo‘ljallangan “E-learning” ta’lim platforma (data.anticorruption.uz) ishga tushirildi.

Davlat organlari va tashkilotlarining inson resurslarini boshqarishga oid faoliyatini raqamlashtirish axborot tizimi (hrm.argos.uz) yo‘lga qo‘yildi.

Fraksiya a’zolari Agentlik tomonidan amalga oshirilgan ijobiy ishlarni yuqori baholab, ushbu sohada to‘liq foydalanilmagan imkoniyatlar va e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalar borligini qayd etdilar. Jumladan, “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida”gi qonunda belgilangan talablar to‘liq ijro etilmasdan qolayotgani tanqid qilindi.

Muhokamalar davomida deputatlar aniqlangan masalalarni hal etish bo‘yicha qator takliflar berdi. Xususan, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokini yanada kengaytirish va ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash choralarini kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.

Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?