Asosiy kontentga o‘tish
Seshanba 30-iyun 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

“Yosh fermerlar tajriba maktabi”da amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi

26.06.2026
55

O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Buxoro suvchilar maktabida “Yosh fermerlar tajriba maktabi” aksiyasi tashkil etildi.

Unda Buxoro davlat texnika universitetining 20 nafar talabasi ishtirok etib, qishloq xo‘jaligi sohasidagi bilimlarini amaliy mashg‘ulotlar orqali mustahkamladi.

Mashg‘ulotlarda yoshlarga bozorbop mahsulot yetishtirish, agrotexnika, mahsulotlarni sotish va marketing yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Bu kabi tadbirlar talaba-yoshlarning kasbiy ko‘nikmalarini oshirish va kelgusida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishiga xizmat qilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?