Yoshlarga biznes sirlari o‘rgatildi
Namanganda bitiruvchi yoshlar uchun “Barkamol avlod” kichik sanoat zonasiga amaliy ekskursiya tashkil etildi. Tadbir O'zLiDePning “Xalq bilan birga” dasturi doirasida o‘tkazilib, yoshlarni tadbirkorlikka qiziqtirishga qaratildi.
Ekskursiya davomida talabalar ishlab chiqarish korxonalari faoliyati, mahsulot tayyorlash jarayonlari va zamonaviy texnologiyalar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, biznes boshlash va davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar haqida tushunchalar berildi.
Bunday amaliy tadbirlar yoshlarning kasb tanlashi, tadbirkorlikka qadam qo‘yishi va o‘z g‘oyalarini amalga oshirishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.