Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 30-aprel 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi

30.04.2026
57

O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi tashabbusi bilan “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Toshkent davlat texnika universitetida “Inson qadri va farovonligini ta’minlash yo‘lida muhim qadamlar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Sevara Ubaydullayeva, professor-o‘qituvchilar, partiya mas’ullari va talaba-yoshlar ishtirok etdi. Unda inson qadrini yuksaltirish, yoshlar farovonligini ta’minlash va kambag‘allikka qarshi kurashishda yangi yondashuvlar muhokama qilindi.

Uchrashuvda asosiy e’tibor yoshlarning bandligi, kasbga o‘qitish, zamonaviy ta’lim sifatini oshirish hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalalariga qaratildi. Yoshlar tomonidan ish bilan ta’minlanish, amaliy bilimlarni oshirish va biznes boshlashda moliyaviy imkoniyatlarni kengaytirish bo‘yicha takliflar bildirildi. Shuningdek, dual ta’lim tizimini rivojlantirish va amaliyot bilan nazariyani uyg‘unlashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Tadbir yakunida yoshlar bilan ochiq muloqotni tizimli davom ettirish, ularning muammo va tashabbuslarini amaliy yechimlarga aylantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shu bilan birga, universitetning 10 nafar talabasi partiya safiga qabul qilindi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?