Asosiy kontentga o‘tish
Shanba 18-iyul 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

“Youth Sports Challenge” — yoshlar sporti va sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlaydi

16.07.2026
19

O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Buxoro shahridagi 1-son bolalar va o‘smirlar sport maktabida “Youth Sports Challenge” loyihasi tashkil etildi.

Unda yengil atletikaning balandlikka va uzoqlikka sakrash yo‘nalishlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilib, yoshlar o‘z mahorati va jismoniy tayyorgarligini namoyon etdilar.

— Loyihaning asosiy maqsadi — yoshlarni ommaviy sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va sog‘lom turmush tarzini hayot mezoniga aylantirishdan iborat, – deydi O‘zLiDeP Buxoro viloyat Kengashining Yoshlar muammolarini o‘rganish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi mudiri Firdavs Pirnazarov. – Bunday musobaqalarda yoshlar nafaqat jismoniy jihatdan chiniqadi, balki ularda jamoa bo‘lib ishlash, intizom, g‘alabaga intilish kabi fazilatlar ham shakllanadi. Biz bu kabi sport tadbirlarini viloyatning barcha hududlarida izchil davom ettiramiz.

Gʻoliblar partiyaning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?