Juma 02-May 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

MELIBOYEV JAMOLIDDIN ABDISALIMOVICH

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisining Jamoatchilik bilan aloqalar va axborot siyosati bo‘yicha o‘rinbosari v.b, partiya Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Apparat rahbari – Moliya-xo‘jalik va rejalashtirish masalalari departamenti

1984-yil Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida tug‘ilgan.

Ma’lumoti oliy. 2006-yil Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini tugatgan.

Mehnat faoliyatini 2007-yili “Qo‘qon sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi sertifikatlashtirish bo‘limi mutaxassisi vazifasidan boshlagan.

2012-2014-yillarda “Qo‘qon sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi  oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sertifikatlashtirish idorasi rahbari, 2014-2016-yillarda “O‘zstandart” agentligi Akkreditatsiya boshqarmasi bosh mutaxassisi, 2016-2017-yillarda “O‘zstandart” agentligi standartlashtirish, davlat nazoratini muvofiqlashtirish va axborot texnologiyalarini joriy etish boshqarmasi bosh mutaxassisi, 2017-2018-yillarda “O‘zbekakkreditatsiya” davlat korxonasi direktor o‘rinbosari,  2018-2018-yillarda “O‘zstandart” agentligi texnik jihatdan tartibga solish boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

2018-yilda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati-O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi apparati Biznes tuzilmalar va fermerlar bilan ishlash bo‘limi mudiri, 2018-yildan hozirgi vaqtgacha Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati-O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi apparati rahbari lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

2020-yilda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati bo‘lgan.

Oilali. 2 nafar farzandi bor.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?