Asosiy kontentga o‘tish
Shanba 04-aprel 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish
  • Bosh sahifa
  • #XalqBilanBirga
  • Dasturni amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xarita

Dasturni amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xarita

“XALQ BILAN BIRGA” DASTURINI AMALGA OSHIRISH BO‘YICHA

YO‘L XARITASI

 

T/r

Bosqich

Muddat

Tadbir nomi

1.

Tayyorgarlik bosqichi

2026-yil
mart

1. Dastur konsepsiyasini ishlab chiqish

2. Dastur logotipi, sloganlari va xeshteglarini tayyorlash

3. OAV, blogerlar bilan kelishuvlarni amalga oshirish

4. Ishchi guruhlar tarkibi va mobil guruhlarni shakllantirish

5. Dasturni PR kampaniyasining strategiyasini ishlab chiqish

2.

Dasturga start berilishi

2026-yil

aprel

1. Dasturga start berish marosimini tashkil etish

2. Birinchi tadbirkorning aksiyasi va estafeta boshlanishi

3. Ushbu tashabbusning boshqa tadbirkorlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi

4. Partiya Toshkent shahar partiya Kengashi tomonidan dastur doirasidagi tizimli ishlarning boshlanishi

5. Partiya Toshkent shahar partiya Kengashi tashabbusining boshqa viloyat kengashlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi va davom ettirilishi

3.

Aholi bilan muloqot tadbirlarining amalga oshirilishi

Dastur davomida

1. “Yurakka yo‘l” aksiyasini tashkil etish

2. Mobil shtablar faoliyatini yo‘lga qo‘yish va sayyor qabullarni amalga oshirish

3. “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda o‘rganishlarni olib borish, muammolarni aniqlash, ma’lumotlar bazasini shakllantirish

4. Onlayn va offlayn so‘rovnomalar o‘tkazish

5. Partiya yoshlar va ayollar qanotlari orqali muloqotlar tizimini yo‘lga qo‘yish

6. “Deputat bilan ochiq muloqot” onlayn muloqotlarini o‘tkazish

7. “Sizning fikringiz biz uchun muhim” rubrikasi ostida partiya saytida onlayn takliflar yig‘ish, anketa so‘rovlari o‘tkazib borish tizimini yo‘lga qo‘yish va yuritish

8. “Muammoingizni bayon eting” tyelegram ijtimoiy tarmog‘i orqali maxsus kanal faoliyatini yo‘lga qo‘yish va amalga oshirib borish

4.

Dastur doirasidagi tadbirlarning amalga oshirilishi

Dastur davomida

1. Ijtimoiy himoya tadbirlarini amalga oshirish: oziq-ovqat, dori-darmon, kiyim-kechak, uy jihozlari bilan ta’minlash

2. "Mahalla yettiligi” bilan kelishgan holda kam ta’minlangan oilalarni tadbirkorlar tomonidan otaliqqa olinishini yo‘lga qo‘yish

3. Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan kam ta’minlangan oila farzandlarini bir yillik stipendiyalar bilan ta’minlash, bolalar uylariga kitoblar, texnika vositalarini yetkazib berish

4. Kam ta’minlangan oilalar uchun tibbiy ko‘riklar o‘tkazish, vrachlar qabulini tashkillashtirish

5. Tadbirkorlik sub’yektlarida ish o‘rinlari yaratish va yoshlarni, shu jumladan, nogironligi bor shaxslarni ish o‘rinlari bilan ta’minlash

6. “Ishga marhamat” monomarkazlari bilan hamkorlikda yoshlarni kasbga o‘qitish va qayta tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish

7“Farovonlikka tomon ilk qadam” nomli muhokamalar tashkil etish

8“Imkoniyat o‘z qo‘limizda” nomli ochiq muloqotlarni tashkil etish

9Yoshlar va ayollar uchun tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga oid beg‘araz o‘quv kurslari, mahorat darslari va treninglar tashkil etish.

5.

Dastur doirasida amalga oshiriladigan aksiyalar

Dastur davomida

1Biznes vakillari tomonidan muayyan oilani 1 yil homiylikka olishni ko‘zda tutuvchi “Bir oila – bir homiy” aksiyasini o‘tkazish

2. Oyiga bir marta biznes vakillari va volontyorlar tomonidan aholiga bevosita yordam ko‘rsatishni ko‘zda tutuvchi “Yaxshilik marafoni”ni tashkil etish

3. Nogironligi bor shaxslarga moddiy va tibbiy yordam ko‘rsatadigan “Inson qadri ulug‘langan yurt” aksiyasini o‘tkazish

4. Yolg‘iz keksalarga xizmat va moddiy ko‘mak ko‘rsatishni ko‘zda tutuvchi “Keksalarga mehr” aksiyasini o‘tkazish

5. Turmush qiyinchiliklariga duch kelgan ayollarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan “Umid” aksiyasini o‘tkazish

6. Kam ta’minlagan oilalarning o‘qishga kirgan farzandariga stipendiyalar ajratishni ko‘zda tutuvchi “O‘zLiDeP stipendiyasi”ni tashkil etish

7. Respublika bo‘yicha bir kunda mahalla va maktab kutubxonalariga kitoblar sovg‘a qilish tadbirlarini o‘zida qamrab olgan “Bir kunda – 1000 kitob”  aksiyasini o‘tkazish

8. Mahallalar va korxonalarda sport tadbirlari tashkil qilinib, biznes vakillari esdalik sovg‘alari topshirilishini ko‘zda tutuvchi “Sog‘lom hayot marafoni” aksiyasini amalga oshirish

9Kam daromadli oilalarni barqaror daromad manbai (tomorqachilik, oilaviy tadbirkorlikka jalb qilish orqali yoki oila a’zolaridan birini ishga joylashtirish) bilan ta’minlashga qaratilgan “Farovon oila” aksiyasini o‘tkazish

10Oilalarning doimiy daromad manbai bo‘lgan oilaviy tadbirkorlik va kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan “Oilaviy tadbirkorlar va kasanachilar maktabi” aksiyasini o‘tkazish

11Xonadonlar kesimida har bir oilaning qiziqishlarini aniqlash (oilaviy tadbirkorlik, dehqonchilik va boshqalar), shu asosda, ularning intilishlaridan kelib chiqib shunga mos faoliyat turiga o‘qitish va malakasini oshirish, ish boshlashi uchun zarur asoslarni yaratib berishga qaratilgan “Farovon hayot sari” aksiyasini tashkil etish

12Mamlakat iqtisodiyoti, kichik biznes va xususiy sektorning rivojlanishida tadbirkor va fermer xotin-qizlarning faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan “Ishbilarmon ayol” dastursini amalga oshirish

13Yoshlarning g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish, tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish va yangi texnologik yechimlarni ishlab chiqishda qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Yoshlarning startap dasturlarini qo‘llab-quvvatlash” aksiyasini o‘tkazish

14. IT va sun’iy intellyekt texnologiyalaridan foydalanish, veb-dasturlash, kiberxavfsizlik, mobil ilovalar yaratish bo‘yicha yoshlar uchun seminarlar tashkil qilishni ko‘zda tutuvchi IT va suniy intellyekt yetakchilari” aksiyasini tashkil etish

15Yoshlar orasida qonuniy va xavfsiz migratsiya masalalari bo‘yicha keng tushuntirish tadbirlarini o‘tkazishni ko‘zda tutuvchi “Xavfsiz migratsiya” aksiyasini amalga oshirish

16. Qishloq xo‘jaligida yoshlarga bilim va ko‘nikmalarni o‘rgatish bo‘yicha “Yosh fermerlar tajriba maktabi”ni o‘tkazish

17. Hunarmand bo‘lishni xoxlovchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga “ustoz-shogird” an’analari doirasida amaliy va uslubiy bilimlarni berishni ko‘zda tutuvchi “Hunarmandlar ko‘rgazmasi” aksiyasini o‘tkazish

18Yoshlar orasida ko‘cha sport mashqlari (jumladan, turnik, brus va b.), sportning mini futbol, voleybol, basketbol (stritbol), shaxmat, shashka, stol tennisi, kurash, arqon tortish sport turlari bo‘yicha ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish orqali yoshlarning aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan, hududiy va respublika bosqichlarida o‘tkaziladigan “Youth Sports Challenge” sport musobaqalarini tashkil etish

19. Tadbirkorlar tomonidan o‘z korxonalarida ish o‘rinlarini yaratish va yoshlar, ayollar, jumladan, nogironligi bor shaxslarni ish bilan ta’minlashga qaratilgan  “Bir jamoada” aksiyasini o‘tkazish

20. Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini faol joriy etish, bepul tibbiy ko‘riklar o‘tkazishni ko‘zda tutuvchi  “Salomatlik sari” aksiyasini o‘tkazish

21Bolalar uylariga kitoblar, texnika vositalari, kiyim-kechaklar yetkazib berish tadbirlarini amalga oshirishni ko‘zda tutuvchi “Tadbirkorlardan bolajonlarga” aksiyasini uyushtirish

6.

Jamoatchilik va parlament nazorati

Yil davomida

 

2026 yil

iyun-iyul

 

2026 yil

avgust-sentabr

 

2026 yil noyabr

1. Jamoatchilik eshituvlari (alohida reja asosida)

2. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarida O‘zLiDeP partiya guruhlari tashabbusi bilan tegishli ijroiya organlari rahbarlari eshituvlarini o‘tkazish

3. Xalq deputatlari hududiy Kengashlarida O‘zLiDeP partiya guruhlari tashabbusi bilan tegishli ijroiya organlari rahbarlari eshituvlarini o‘tkazish

4. Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O‘zLiDeP fraksiyasi tashabbusi bilan parlament eshituvini tashkil qilish (dasturni amalga oshirish jarayonida to‘plangan materiallar asosida)

7.

Konferensiya, davra suhbatlari va forumlar

Yil davomida

Hududlarda yoshlar, ayollar, nuroniylar o‘rtasida turli mavzularda 60 tadan ortiq konferensiya, forum va davra suhbatlari tashkil etiladi va aholini o‘ylantirayotgan savollarga partiya bilan birgalikda javob izlashga tayyorligi ko‘rsatiladi. Jumladan:

“Yangi O‘zbekistonni birgalikda quramiz!” shiori ostida yoshlar forumi;

“Yangi O‘zbekiston yoshlari: farovonlik va innovasion kelajak sari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya;

“O‘zbekiston xotin-qizlari: faollik va farovonlik yo‘lida” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya;

“O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan davlat siyosati” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya;

“Kambag‘allikni qisqartirish: jahon amaliyoti va O‘zbekiston tajribasi” mazusida davra suhbati;

“O‘zbekistonda ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlari transformatsiyasi” mavzusida davra suhbati va b.

8.

Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha O‘zbekistonda amalga oshirilgan islohotlarning mazmun va mohiyatini ochib beruvchi maqolalar turkumi

Dastur davomida

Yangi O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish borasida olib borilgan ishlar Qonunchilik palatasi deputatlari, partiya faollari, soha mutaxassislari, olimlar va ekspertlar tomonidan mavzuga bag‘ishlangan turkum maqolalarni mahalliy va xalqaro ommaviy axborot vositalarida, interenet resurslarida chop etish chop etish orqali O‘zbekistonning ushbu yo‘nalishdagi faoliyati va yutuqlarini ommalashtirish.

9.

Dasturning axborot ta’minoti

Dastur davomida

1. Partiya gazetasi, veb-sayti, ijtimoiy tarmoqdagi kanallari, shuningdek, boshqa OAV va internet-resurslar orqali “Xalq va biznes” rukni ostida dastur doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning borishi to‘g‘risida aholini xabardor qilib borish tizimini yo‘lga qo‘yish

2. O‘zLiDeP saytida amalga oshirilgan ishlarning har haftalik yakunlarini taqdim qilib borish

3. “Mas’uliyatli tadbirkor!” chellenj-estafetasini tashkil etish

4. Ijtimoiy tarmoqlarda quyidagi xeshteglarni yuritish: #Xalq bilan birga, #Mas’uliyatli tadbirkor, #Yaxshilik Estafetasi

5. Dasturni keng targ‘ib etish, axborot ta’minotini amalga oshirishda taniqli shaxslar, blogerlar, yirik biznesmenlarni jalb etish

6. “Mas’uliyatli tadbirkor – xalq bilan birga” slogani ostida partiya sayti va hamkor OAVlar saytida ushbu dasturda faol ishtirok etayotgan tadbirkorlarni xalqqa tanitib borish

10.

Yakuniy tadbirlar

2026 yil noyabr-dekabr

1. Eng faol biznes vakillarini milliy darajada rag‘batlantirishni ko‘zda tutuvchi “Ijtimoiy mas’uliyatli tadbirkor” yil tanlovini o‘tkazish

2. O‘zLiDePning “Fidokor tadbirkor” ko‘krak nishonini joriy etish va yil davomida eng ko‘p xayriya aksiyalari o‘tkazgan tadbirkorlarga yil tanlovi marosimida topshirish

3. Faollik ko‘rsatgan boshqa tadbirkorlarni partiya sertifikatlari, rahmatnomalari, maxsus sovrinlari bilan taqdirlash

4. OAVlarda, ijtimoiy tarmoqlarda ularning faoliyatini keng yoritish

5. “Xalq bilan birga” (yirik konsert, ko‘rgazma va forum orqali dasturning yakunlovchi tadbiri)

 

Saytni yangi dizayni yoqdimi?