O‘ZLIDEPNING 2026-YILGA MO‘LJALLANGAN
ASOSIY TADBIRLARI REJASI
|
T/r |
Tashkil etiladigan tadbirlar, o‘rganiladigan masalalar |
Shakli, muddati va joyi |
Hamkor tashkilotlar |
|
I. AKSIYALAR, YIRIK TADBIRLAR |
|||
|
1. |
Biznes vakillari tomonidan muayyan oilani 1 yil homiylikka olishni ko‘zda tutuvchi “Bir oila – bir homiy” aksiyasi |
2026-yil aprel barcha hududlarda |
Savdo-sanoat palatasi |
|
2. |
Raqamli iqtisodiyot asoslari kengayib borgan sari tug‘ilayotgan kiberxavflardan tadbirkorlarni himoya qilish maqsadida o‘tkaziladigan “Kiberxavfsiz tadbirkorlik” aksiyasi |
2026 yil |
“O‘zinfokom” |
|
3. |
Biznes vakillari va volontyorlar tomonidan aholiga bevosita yordam ko‘rsatishni ko‘zda tutuvchi “Yaxshilik marafoni” |
2026-yil davomida har oyda bir marta o‘tkaziladi |
Savdo-sanoat palatasi, Yoshlar ishlari agentligi |
|
4. |
Yolg‘iz keksalarga xizmat va moddiy ko‘mak ko‘rsatishni ko‘zda tutuvchi “Keksalarga mehr” aksiyasi |
2026-yil iyun barcha hududlarda |
“Nuroniy” jamg‘armasi |
|
5. |
Turmush qiyinchiliklariga duch kelgan ayollarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan “Umid” aksiyasi |
2026-yil iyun-iyul barcha hududlarda |
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi |
|
6. |
Qishloq xo‘jaligida yoshlarga bilim va ko‘nikmalarni o‘rgatish bo‘yicha “Yosh fermerlar tajriba maktabi”ni o‘tkazish |
2026-yil iyun-iyul barcha hududlarda |
O‘zbekiston Fermerlar kengashi |
|
7. |
Respublika bo‘yicha bir kunda mahalla va maktab kutubxonalariga kitoblar sovg‘a qilish tadbirlarini o‘zida qamrab olgan “Bir kunda – 1000 kitob” aksiyasi |
2026-yil iyul barcha hududlarda |
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari |
|
8. |
Mahallalar va korxonalarda sport tadbirlari tashkil qilinib, biznes vakillari esdalik sovg‘alari topshirilishini ko‘zda tutuvchi “Sog‘lom hayot marafoni” aksiyasi |
2026-yil avgust |
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari |
|
9. |
Kam daromadli oilalarni barqaror daromad manbai (tomorqachilik, oilaviy tadbirkorlikka jalb qilish orqali yoki oila a’zolaridan birini ishga joylashtirish) bilan ta’minlashga qaratilgan “Farovon oila” aksiyasi |
2026-yil avgust barcha hududlarda |
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, O‘zbekiston Fermerlar kengashi |
|
10. |
Oilalarning doimiy daromad manbai bo‘lgan oilaviy tadbirkorlik va kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan “Oilaviy tadbirkorlar va kasanachilar maktabi” aksiyasi |
2026-yil avgust-sentyabr barcha hududlarda |
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Respublika “Hunarmand” uyushmasi |
|
11. |
Xonadonlar kesimida har bir oilaning qiziqishlarini aniqlash (oilaviy tadbirkorlik, dehqonchilik va boshqalar), shu asosda, ularning intilishlaridan kelib chiqib shunga mos faoliyat turiga o‘qitish va malakasini oshirish, ish boshlashi uchun zarur asoslarni yaratib berishga qaratilgan “Farovon hayot sari” aksiyasi |
2026-yil avgust-sentyabr barcha hududlarda |
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
|
12. |
Yoshlar orasida qonuniy va xavfsiz migratsiya masalalari bo‘yicha keng tushuntirish tadbirlarini o‘tkazishni ko‘zda tutuvchi “Xavfsiz migratsiya” aksiyasi |
2026-yil avgust-sentyabr barcha hududlarda |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi |
|
13. |
Mamlakat iqtisodiyoti, kichik biznes va xususiy sektorning rivojlanishida tadbirkor va fermer xotin-qizlarning faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan “Ishbilarmon ayol” ko‘rik tanlovi |
2026-yil avgust-oktyabr hududiy va respublika bosqichlari |
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi |
|
14. |
Yoshlarning g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish, tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish va yangi texnologik yechimlarni ishlab chiqishda qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Yoshlarning startap dasturlarini qo‘llab-quvvatlash” aksiyasi |
2026-yil sentyabr-oktyabr barcha hududlarda |
Raqamli texnologiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |
|
15. |
IT va sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish, veb-dasturlash, kiberxavfsizlik, mobil ilovalar yaratish bo‘yicha yoshlar uchun seminarlar tashkil qilishni ko‘zda tutuvchi “IT va sun’iy intellekt yetakchilari” aksiyasi |
2026-yil sentyabr-oktyabr barcha hududlarda |
Raqamli texnologiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |
|
16. |
“Salomatlik sari” loyihasi doirasida “O‘zLiDeP onkologik kasalliklarga qarshi kurashadi!” shiori ostida hududlarda xususiy klinika mutaxassislarini jalb qilgan holda bepul tibbiy ko‘riklar aksiyasi. |
2026-yil may va noyabr barcha hududlarda |
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi |
|
17. |
Bolalar uylariga kitoblar, texnika vositalari, kiyim-kechaklar yetkazib berish tadbirlarini amalga oshirishni ko‘zda tutuvchi “Tadbirkorlardan bolajonlarga” aksiyasi |
2026-yil noyabr barcha hududlarda |
Savdo-sanoat palatasi |
|
18. |
Tadbirkorlar tomonidan o‘z korxonalarida ish o‘rinlarini yaratish va yoshlar, ayollar, jumladan, nogironligi bor shaxslarni ish bilan ta’minlashga qaratilgan “Bir jamoada” aksiyasi |
2026-yil noyabr-dekabr |
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari |
|
19. |
Nogironligi bor shaxslarga moddiy va tibbiy yordam ko‘rsatadigan “Inson qadri ulug‘langan yurt” aksiyasi |
2026-yil noyabr-dekabr |
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari |
|
20. |
Imkoniyati cheklangan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularga yaratilgan imkoniyatlarni kengroq targ‘ib qilishga qaratilgan “Inklyuziv xizmatlar yarmarkasi aksiyasi”ni o‘tkazish. |
2026-yil dekabr |
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari |
|
21. |
“Ogoh bo‘ling, is gazi!” aksiyasi Kuz-qish mavsumi boshlanishi bilan ushbu mavzu yana dolzarb bo‘lishini hisobga olgan holda o‘tgan kuz-qish mavsumida yaxshi natija bergan mazkur aksiyani davom ettirish rejalashtirilgan. Uning doirasida: Is gazidan zaharlanishning oldini olish va isitish tizimlarining sozligini muntazam tekshirib, ta’mirlab borish hamda muqobil yechimlardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha aholi o‘rtasida tegishli idora va tashkilotlar tomonidan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borish; Shuningdek xonadonlarga is gazini aniqlaydigan va xatardan ogohlantiradigan maxsus qurilmalarni o‘rnatish ishlari amalga oshiriladi. |
2026-yil noyabr oyida start beriladi va kuz-qish mavsumi yakunigacha – 2027 yil fevral oyigacha davom etadi. Respublikaning barcha hududlarida o‘tkaziladi. |
“Hududgazta’minot” AJ, viloyat va tuman hokimliklari |
|
II. KONFERENSIYA, DAVRA SUHBATLARI VA FORUMLAR |
|||
|
22. |
“Kreativ tadbirkor yoshlar” forumi |
2026-yil davomida reja-grafik asosida hududlar kesimida |
Mahalliy hokimiyat, Yoshlar ishlari agentligi, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari |
|
23. |
“Sun’iy intellekt texnologiyalari va raqamli jamiyat” mavzusida davra suhbati. |
2026-yil may IT park |
Raqamli texnologiyalar vazirligi |
|
24. |
“Yangi O‘zbekistonni birgalikda quramiz!” shiori ostida yoshlar forumi |
2026-yil iyun |
Mahalliy hokimliklar, Yoshlar ishlari agentligi, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari |
|
25. |
“Yangi O‘zbekiston yoshlari: farovonlik va innovasion kelajak sari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya |
2026-yil iyul Toshkent shahri |
Yoshlar ishlari agentligi |
|
26. |
“O‘zbekiston xotin-qizlari: faollik va farovonlik yo‘lida” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya |
2026-yil iyul Samarqand shahri |
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi |
|
27. |
“O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan davlat siyosati” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya |
2026-yil avgust Buxoro shahri |
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
|
28. |
“Kambag‘allikni qisqartirish: jahon amaliyoti va O‘zbekiston tajribasi” mazusida davra suhbati |
2026 yil avgust Toshkent shahri |
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
|
29. |
“O‘zbekistonda ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlari transformatsiyasi” mavzusida davra suhbati |
2026-yil oktyabr Andijon, Qarshi va Toshkent shaharlari |
Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi |
|
30. |
“Milliy iqtisodiyotda hunarmandchilikning o‘rni va istiqbollari”” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya. Konferensiyada quyidagi yo‘nalishlarga e’tibor qaratiladi: – hunarmandchilik sohasining hozirgi holati va istiqbollarini tahlil qilish; – sohada tadbirkorlik imkoniyatlarini oshirish, eksport bozorlariga chiqish yo‘llarini muhokama qilish; – hunarmandchilikni qo‘llab-quvvatlovchi huquqiy va institusional mexanizmlarni takomillashtirish; – yoshlar va ayollarni hunarmandchilikka keng jalb etish, oilaviy tadbirkorlik bilan uyg‘unlashtirish; – xalqaro tajriba va innovasion texnologiyalarni joriy qilish imkoniyatlarini o‘rganish. |
2026-yil oktyabr Qonunchilik palatasi |
Savdo-sanoat palatasi, Moliya va iqtisodiyot vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi |
|
31. |
19 noyabr – Xalqaro ayollar tadbirkorligi kuniga bag‘ishlangan “Tadbirkor ayollar Forumi”ni o‘tkazish. |
2026-yil noyabr Toshkent shahri |
Savdo –sanoat palatasi
|
|
32. |
“Gender tenglikni ta’minlash va xotin-qizlarning siyosiy partiyalar faoliyatida ishtirokini qo‘llab-quvvatlash” mavzusida davra suhbatlari. |
2026-yil davomida alohida reja asosida |
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi |
|
33. |
25 noyabr Xalqaro tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurashish kuni munosabati bilan “Ayollarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishning huquqiy asoslari: muammo va yechimlar” mavzusida ochiq muloqot. |
2026-yil noyabr |
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi |
|
III. JAMOATCHILIK VA PARLAMENT NAZORATI TADBIRLARI |
|||
|
34. |
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab- quvvatlash bo‘yicha qonunchilik hujjatlari ijrosini o‘rganish. Bunda quyidagilarga alohida e’tibor qaratiladi: 2026 yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida loyihalarni moliyalashtirish uchun yo‘naltirilgan mablag‘larni hududlar kesimidagi maqsadli ishlatilishi; oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali mablag‘larning ajratilishi; haqiqiy ehtiyojdan hamda loyihalarning istiqboli va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishga yo‘naltirilganligidan kelib chiqqan holda ajratilayotgan mablag‘larni vakolatli banklar va viloyatlar kesimida tezkor qayta taqsimlanishi. |
2026-yil aprel-may
Jamoatchilik muhokamasi, deputat so‘rovi
Farg‘ona viloyati, Qashqadaryo viloyati |
Viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari, iqtisodiyot va moliya boshqarmalari, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari |
|
35. |
Sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari ijrosini o‘rganish. Bunda quyidagilarga alohida e’tibor qaratiladi: soliq imtiyozlari taqdim etilishi natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar hisobidan xususiy tibbiyot muassasalarining ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha belgilab berilgan vazifalarning ijrosi; sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirishda davlat- xususiy sherikchiligini qo‘llash natijalari; davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlili. |
2026-yil may
Jamoatchilik eshituvi, deputat so‘rovi Samarqand viloyati |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, sog‘liqni saqlash boshqarmalari |
|
36. |
Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish, uning asosi bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish ko‘rsatkichlarini keskin oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida. Bunda, quyidagilar nazarda tutiladi: - sanoatda «yashil sertifikat»lar bozorini rivojlantirish va «ekologik markirovkalash» faoliyati bilan tanishish; - «Yashil energiya» texnologiyalarini keng joriy qilish doirasida nasos stansiyalarning elektr energiyasi iste’molini kamaytirish uchun takliflarni tayyorlash; - elektr energiyasi va boshqa resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni keng joriy qilish hisobidan nasos stansiyalarini muqobil energiyaga o‘tkazish. |
2026-yil iyun Jamoatchilik eshituvi, deputat so‘rovi Toshkent shahri |
Viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari |
|
37. |
Turizmni rivojlantirish istiqbollari va hal etilishi zarur bo‘lgan masalalar. Bunda quyidagilarga e’tibor qaratiladi: – hududda ziyorat turizmi, gastronomiya, hunarmandchilik, tibbiy xizmatlar ko‘rsatish imkoniyatlari, hamda ushbu imkoniyatlardan foydalanish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar; – transport-logistika imkoniyatlari, mehmonxonalar fondi, ularning sig‘imi, hududda axborot (Wi-Fi jamoat nuqtalari) imkoniyatlari; – sohaning kadrlar bilan ta’minlanganligi: til ko‘nikmalariga ega kadrlar, gidlar tayyorgarligi, boshqa sohalarda kadrlarning yetarlilik darajasi. Kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi, malaka oshirishi, xalqaro sertifikatli kadrlar mavjudligi – sayohatchilar xavfsizligi masalalari: sanitariya masalalari, oziq-ovqat xavfsizligi, turistik polisiya faoliyati, nogirolnligi bo‘lganlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, bolali oilalar uchun qulayliklar, valyuta ayirboshlash shaffofligi; – o‘rganishlar asosida qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish uchun takliflar tayyorlash. |
2026 yil iyun-iyul
Jamoatchilik eshituvi, deputat so‘rovi |
Viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari, |
|
38. |
Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, narx-navo barqarorligiga erishish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganish. Bunda quyidagilarga alohida e’tibor qaratiladi: - sohani rivojlantirish uchun mahalliy va xorijiy investorlarga yaratilgan sharoitlar; - ichki bozorda narxlar barqarorligini saqlash, eng avvalo, aholini yetarli miqdorda oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanishi; - kuz-qish mavsumi uchun oziq-ovqat mahsulotlari zaxiralari yaratilganligi. |
2026-yil avgust-sentyabr
Jamoatchilik muhokamasi, deputat so‘rovi
Jizzax viloyati, |
Viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari, qishloq xo‘jaligi boshqarmalari, iqtisodiyot va moliya boshqarmalari, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari |
|
39. |
Qurilish sohasida sifat va xavfsizlikni ta’minlash masalalari to‘g‘risida. Bunda, 2024-2026 yillarda hududda uy-joylar va ijtimoiy soha ob’yektlari qurilishi borasidagi ishlar tahlili nazarda tutiladi. |
2026-yil oktyabr
Jamoatchilik eshituvi, deputat so‘rovi |
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, “Hudud elektr tarmoqlari” AJ, “Hudud gaz ta’minot” MCHJ |
|
40. |
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, joylardagi muammolar va ularni hal etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar Bunda, quyidagilarga alohida e’tibor qaratiladi: – iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’yektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2026-2027 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlili; – kuz-qish mavsumida aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish xolati; – ijtimoiy soha ob’yektlariga kuz-qish mavsumi uchun ko‘mir mahsulotlari yetkazib berish borasida amalga oshirilgan ishlar. |
2026-yil sentyabr-oktyabr
Jamoatchilik so‘rovi, deputat so‘rovi
Toshkent viloyati, Sirdaryo viloyati, Andijon viloyati |
Energetika vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, “Hudud elektr tarmoqlari” AJ, “Hudud gaz ta’minot” MCHJ |
|
41. |
Kichik sanoat zonalaridan foydalanishning hozirgi ahvoli: ularning samaradorligini oshirish imkoniyatlari, to‘siq bo‘layotgan omillarni o‘rganish Bunda quyidagilarga e’tibor qaratiladi: – kichik sanoat zonalarining yer maydonidan samarali foydalanish holati, bo‘sh yer maydonlariga tadbirkorlarni jalb qilish choralari va ularning samaradorligi; – kichik sanoat zonalarida tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoitlar, muhandislik-kommunikatsiya tizimlari ahvoli; – kichik sanoat zonalari ishtirokchilari majburiyatlari; – kichik sanoat zonalari ishtirokchilari tomonidan mahsulotlar ishlab chiqarish va eksport qilish ko‘rsatkichlari tahlili. |
2026-yil noyabr
Jamoatchilik eshituvi, deputat so‘rovi |
Viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari, Kichik sanoat zona direksiyasi |
|
42. |
Davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalar daromadliligi va davlat byudjetiga yukini o‘rganish. Bunda quyidagilarga alohida e’tibor qaratiladi: 2026-2027 yillarda davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilgan loyihalarning holati; davlat-xususiy sheriklik loyihalarining byudjet xarajatlariga ta’siri va salmog‘i. |
2026-yil noyabr-dekabr Jamoatchilik monitoringi, deputat so‘rovi.
Xorazm viloyati, Surxondaryo viloyati |
Viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari, iqtisodiyot va moliya boshqarmalari |
|
IV. MUNOZARA KLUBLAR |
|||
|
43. |
Moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirish, sohada startaplarni qo‘llab quvvatlash masalalari Bunda, quyidagilarga alohida e’tibor qaratiladi: – moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirish sohasidagi muammolar va qonunchilikni takomillashtirish; – moliyaviy texnologiyalar sohasidagi startaplarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 5 yillik strategiyani ishlab chiqish; – banklar, moliyaviy texnologiyalar sohasidagi tashkilotlar va startaplar o‘rtasida hamkorlikni chuqurlashtirish. |
2026-yil aprel |
Markaziy bank, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi |
|
44. |
Tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish samaradorligi Bunda, quyidagilarga alohida e’tibor qaratiladi: – banklar tomonidan ajratilgan kreditlar samaradorligi; – tadbirkorlarning istiqbolli loyihalarini moliyalashtirishda biznes-rejalar tahlili; – kreditlarni qaytarishdagi muammolar va ularning sabablari tahlili. |
2026-yil aprel |
Markaziy bank, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, tijorat banklari, Savdo-sanoat palatasi |
|
45. |
Tadbirkorlik sohasida korrupsiya holatlarini bartaraf etish choralari Bunda, quyidagilarga alohida e’tibor qaratiladi: – tadbirkorlik sohasida korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimi samaradorligini oshirish; – jamiyatda korrupsiya illatiga nisbatan murosasiz munosabatni yanada mustahkamlash va unga qarshi kurashish. |
2026-yil may |
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Savdo-sanoat palatasi |
|
46. |
Qishloq xo‘jaligida samaradorlikni oshirish, fermer va dehqon xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash choralari Bunda, quyidagilarga alohida e’tibor qaratiladi: – qishloq xo‘jaligida samaradorlikni oshirish, yuqori natija omillarini tahlil qilish; – sohadagi muammolarni aniqlash va ularni hal etish yuzasidan takliflar; – qishloq xo‘jalik mahsulotlarini eksport qilish imkoniyatlari. |
2026-yil iyun |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Fermerlar kengashi |
|
47. |
Bino va inshootlarning sifatsiz qurilishi, qurilish nazoratidagi kamchiliklar hamda ob’yektlar xavfsizligi bilan bog‘liq muammolar Bunda, quyidagilarga alohida e’tibor qaratiladi: – qurilish ob’yektlaridagi sifat va xavfsizlik holati; – qurilish nazorati bosqichlarining samaradorligi; – qurilish sohasida nazorat tizimini takomillashtirish. |
2026-yil iyul |
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi |
|
48. |
Zamonaviy iqtisodiyotda bandlik masalasi va yo‘qotilayotgan kasblar tahlili Bunda, quyidagilarga alohida e’tibor qaratiladi: – aholini zamonaviy kasblarga o‘rgatish va ularni ish bilan ta’minlash; – yuqori texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va sohada kadrlar tayyorlash; – bandlikni ta’minlashda biznes bilan ijtimoiy hamkorlik. |
2026-yil sentyabr |
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi |
|
49. |
Xususiy ta’lim imkoniyatlari, sohadagi muammolar va istiqboldagi vazifalar Bunda, quyidagilarga alohida e’tibor qaratiladi: – xususiy maktablar faoliyatidagi muammolar va ularni hal etish yuzasidan takliflar; – nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyatidagi muammolar va ularni hal etish usullari; – maktab va oliy ta’limda xususiy sektorning ulushini oshirish imkoniyatlari. |
2026-yil sentyabr |
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
|
50. |
Tadbirkorlarning muammolari va ularni hal etish tashabbuslari Bunda, quyidagilarga alohida e’tibor qaratiladi: – tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyat va imtiyozlarning samaradorligi; – tadbirkorlik faoliyatiga oid qonunchilikni takomillashtirish; – tadbirkorlar huquqlari va erkinlari kafolatlari. |
2026-yil oktyabr |
Biznesombudsman, Soliq qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi |
|
51. |
Agroturizm imkoniyatlari va istiqbollari Bunda, quyidagilarga alohida e’tibor qaratiladi: – hududlarning agroturizm imkoniyatlari; – turistik imkoniyatlardan foydalanish va samaradorlik; – sohadagi muammolar va ularni hal etish yuzasidan takliflar. |
2026-yil oktyabr |
Turizm qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi |
|
52. |
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, joylardagi muammolar va ularni hal etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar Bunda, quyidagilarga alohida e’tibor qaratiladi: – iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’yektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2026-2027 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlili; – kuz-qish mavsumida aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish xolati; – ijtimoiy soha ob’yektlariga kuz-qish mavsumi uchun ko‘mir mahsulotlari yetkazib berish borasida amalga oshirilgan ishlar. |
2026-yil noyabr |
Energetika vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, “Hudud elektr tarmoqlari” AJ, “Hudud gaz ta’minot” MCHJ |
|
53. |
Sun’iy intelektdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va iqtisodiyot tarmoqlarida qo‘llashning ustuvorligi Bunda, quyidagilarga alohida e’tibor qaratiladi: – dunyoda va O‘zbekistonda sun’iy intellekt texnologiyalari kirib borgan sohalar tahlili; – sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish qaysi sohalar uchun zarur, mehnat unumdorligi va ish samarasini oshirishdagi o‘rni; – sun’iy intelekt texnologiyalaridan foydalanishning standartlari va qoidalarini takomillashtirish. |
2026-yil noyabr |
Raqamli texnologiyalar vazirligi
|
|
54. |
Sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish Bunda, quyidagilarga alohida e’tibor qaratiladi: – sanoat zonalari faoliyatidagi mavjud muammolar; – yer ajratish va undan foydalanish amaliyoti; – direksiyalarning sanoat zonasi ishtirokchilariga nisbatan nazoratchi emas, ko‘makchi sifatida faoliyat yuritishi; – sanoat zonalarida tadbirkorlik faoliyatining ishonchli va kafolatli bo‘lishini ta’minlash masalalari tahlili. |
2026 yil dekabr |
Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi |
|
V. FRAKSIYA TOMONIDAN AMALGA OSHIRILADIGAN TADBIRLAR |
|||
|
55. |
Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlarning bugungi holatini o‘rganish. Bunda quyidagilarga alohida e’tibor qaratiladi: – tadbirkorlarni moliyaviy resurslar bilan ta’minlash holati; – tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirishning zamonaviy shakllarini joriy qilinishi; – tadbirkorlarning soliq imtiyozlari prefensiyalardan foydalanish holati; – tadbirkorlarning muhandislik infratuzilmasi va resurslar bilan barqaror ta’minlanishi. |
Eshituv, deputat so‘rovi
Toshkent shahri, Sirdaryo viloyati 2026-yil iyun |
Markaziy bank, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi |
|
56 |
22 mart – «Butun jahon suv resurslar kuni»ga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazish. |
2026-yil iyun |
Suv xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya va atrof–muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi |
|
57. |
“Meva-sabzavotchilikni intensiv rivojlantirish, yangi urug‘ navlarini yaratish orqali qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirishning ustuvor vazifalari” mavzusida davra suhbati o‘tkazish. |
O‘rganish, davra suhbati Qonunchilik palatasi 2026-yil noyabr |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi |
|
58. |
Fraksiya a’zolarining hududlarda saylovchilar bilan uchrashuvlari. |
Saylovchilar bilan uchrashuvlar, 2026-yil davomida, har oyning so‘nggi haftasida |
Mahalliy hokimliklar |
|
59. |
Saylovchilarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini yetkazish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarini yanada kuchaytirish. |
2026-yil davomida, har oyning so‘nggi haftasida |
Mahalliy hokimliklar |
|
60. |
«Majburiy tibbiy sug‘urta tizimini ustuvorliklari: muammo va yechimlar» mavzusida davra suhbati o‘tkazish. |
2026-yil iyul |
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi |
|
61. |
«Franchayzing, kapital bozori» sohasini rivojlantirish borasida fraksiya eshituvi o‘tkazish. |
2026-yil iyul |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasi |
|
62. |
«Jahon savdo tashkiloti –iqtisodiy integratsiya va zamonaviy tendensiyalar» mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazish. |
2026-yil sentyabr |
Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasi |
|
63. |
«Kambag‘allikdan farovonlik sari» dasturida belgilangan tadbirlarning bajarilishi holatini hududlarga chiqqan holda o‘rganish. |
2026 yil oktyabr-noyabr |
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Mehnat, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi |
|
64. |
Energiya sohasidagi islohotlar va energiya tejamkorligining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazish. |
2026-yil noyabr |
Energetika vazirligi, Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasi |
|
65. |
«Suv tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish, nasoslar samaradorligini oshirish va kanallarni betonlash orqali suv yo‘qotilishini kamaytirishning dolzarb ahamiyati» mavzusida seminar o‘tkazish. |
2026-yil sentyabr |
Suv xo‘jaligi vazirligi, Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi |
|
66. |
«Yashil iqtisodiyot – barqaror rivojlanish garovi» mavzusida seminar o‘tkazish. |
2026-yil noyabr |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi, Ekologiya va atrof–muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi |
|
67. |
«Meva-sabzavotchilikni intensiv rivojlantirish, yangi urug‘ navlarini yaratish orqali qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirishning ustuvor vazifalari» mavzusida konferensiya o‘tkazish. |
2026-yil dekabr |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi |