Deputat taşabbusi bilan 100 dan ortiq xonadonning içimlik suvi ta’minoti qayta tiklandi
Törtköl tumani “Ata yurt” aholi punktida yaşovçi aholining içimlik suvi ta’minoti bilan boğliq murojaati Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Guldana Avezdurdiyeva tomonidan joyiga çiqqan holda örganildi. Örganiş davomida mahalladagi 100 dan ortiq xonadon 5 oy davomida markazlaşgan toza içimlik suvi bilan ta’minlanmayotgani aniqlandi. Ma’lum bölişiça, suğoriş kanalini tozalaş işlari jarayonida içimlik suvi tarmoği quvuri şikastlangan va buning oqibatida aholiga suv yetkazib beriş töxtagan.
Muammoni tezkor bartaraf etiş maqsadida deputat tegişli mutasaddilar va mas’ul taşkilotlarga murojaat qilib, masalani joyida muhokama qildi. Içimlik suvi tarmoğidagi nosozlikni bartaraf etiş va aholi suv ta’minotini qayta tiklaş böyiça amaliy çoralar körildi. Natijada şikastlangan quvurdagi nosozlik bartaraf qilinib, 100 dan ortiq xonadonning markazlaşgan toza içimlik suvi ta’minoti qayta tiklandi.
Ta’kidlaş kerak, aholi murojaatlarini joyiga çiqqan holda örganiş, ijtimoiy ahamiyatga ega muammolarni aniqlaş va ularning amaliy yeçimini ta’minlaş deputatlik faoliyatining muhim yönalişlaridan biridir. Bu kabi natijador işlar fuqarolarning kundalik hayotiga bevosita ta’sir qiladigan masalalarni mas’ul taşkilotlar bilan hamkorlikda hal etiş muhimligini körsatadi.