Kreativ tadbirkor yoşlar — istiqbolimiz tayançlari
O‘zLiDeP Qaşqadaryo viloyati Kengaşi Qarşi davlat texnika universitetida “Kreativ tadbirkor yoşlar” loyihasi doirasida tadbir taşkil etildi. Unda vohaning turli hududlaridan taşrif buyurgan taşabbuskor yoşlar xizmat körsatiş, işlab çiqariş, raqamli texnologiyalar, ta’lim, qişloq xöjaligi, hunarmandçilik va boşqa yönalişlardagi startap loyihalari hamda biznes ğoyalarini taqdim etdilar.
Tadbirda deputatlar, partiya faollari, universitet öqituvçi va talabalari, mahalliy yoşlar iştirok etib, istiqbolli loyihalarni amaliyotga tatbiq etiş, yoşlarni tadbirkorlikka keng jalb qiliş va ularning innovasion taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş masalalari muhokama qilindi. Iştirokçilarga biznes ğoyalarni şakllantiriş, tadbirkorlik faoliyatini boşlaş, kredit va moliyalaştiriş imkoniyatlaridan foydalaniş, şuningdek, zamonaviy bilim va könikmalarni rivojlantiriş böyiça tavsiyalar berildi.
“Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasidagi mazkur loyiha orqali mahalla va qişloqlardagi iqtidorli yoşlarni aniqlaş, ularning kreativ ğoya va startaplarini qöllab-quvvatlaş, yangi iş örinlari yaratişga kömaklaşiş maqsad qilingan. Şuningdek, yoşlar loyihalarini qişloq xöjaligi, xizmat körsatiş va işlab çiqariş sohalariga tatbiq etiş, fermer xöjaliklari bilan hamkorlikni kuçaytiriş hamda startap ğoyalarini amalga oşirişdan eksportgaça bölgan jarayonda qöllab-quvvatlaş böyiça vazifalar belgilab olindi.