Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 08-iyul 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Yangiliklar

“Inklyuziv jamiyat sari” loyihasi amalda

12.06.2026 247
“Inklyuziv jamiyat sari” loyihasi amalda

Farg‘ona viloyatida faoliyat yuritayotgan “Sayqal” xususiy korxonasida inklyuziv muhitni rivojlantirishga qaratilgan ishlar bilan tanishildi. Tashrif “Xalq bilan birga” dasturi doirasidagi “Inklyuziv jamiyat sari” loyihasi asosida tashkil etildi.

Korxonada bugungi kunda 21 turdagi reabilitatsiya va texnik vositalar, shuningdek, 33 xil zamonaviy eshitish moslamalari ishlab chiqarilmoqda. Shu bilan birga, innovasion yo‘nalish sifatida toshdan qog‘oz ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yilgan.

Aholiga qulaylik yaratish maqsadida respublika bo‘ylab 33 ta savdo va servis markazi faoliyat yuritmoqda. Bu kabi loyihalar inklyuziv jamiyatni shakllantirish va ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?