Andijonlik kreativ tadbirkor yoşlarga O‘zLiDePning esdalik sovğalari topşirildi
O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida yoşlarning tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş maqsadida “Kreativ tadbirkor yoşlar” loyihasining Andijon viloyati bosqiçi forumi taşkil etildi.
Baliqçi tumanidagi “AI HUB” sun’iy intellekt markazida O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengaşi tomonidan ötkazilgan forumda yoşlarning bilim va salohiyatini röyobga çiqariş, ularning innovasion ğoya va taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş muhim vazifalardan biri ekani ta’kidlandi.
Forumda yoşlar özlari yaratgan yangi işlanmalar, innovasion mahsulotlar va kreativ loyihalarni namoyiş etib, ularning amaliy ahamiyati hamda kelgusidagi rivojlaniş istiqbollari haqida ma’lumot berdilar. Şuningdek, kreativ tadbirkorlikni rivojlantiriş, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalardan samarali foydalaniş, istiqbolli taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş masalalari yuzasidan fikr almaşildi. Iştirokçilarning taqdimotlari yoşlarning ğoyalarni amaliy natijaga aylantirişga bölgan intilişini namoyon etdi.
Forum yakunida iştirokçilarning taşabbuslari va namoyiş etgan işlanmalari e’tirof etildi. Forumning eng yaxşi iştirokçilariga O‘zLiDePning diplom hamda esdalik sovğalari topşirildi.