"Işbilarmon ayol – 2026": Andijonlik tadbirkor ayollar yutuği e’tirof etildi
Andijon viloyatida O‘zLiDePning «Xalq bilan birga» umummilliy dasturi doirasida «Işbilarmon ayol – 2026» körik-tanlovining hududiy-respublika bosqiçi ötkazildi.
Unda viloyatning 16 ta tuman va şahridan kelgan tadbirkor, hunarmand hamda fermer ayollar öz faoliyati, erişgan yutuqlari va istiqbolli loyihalarini namoyiş etdilar.
Tanlov yakunlariga köra, Marhamat tumanidagi «Bilim – kelajak poydevori» nodavlat maktabgaça ta’lim taşkiloti direktori Gulçehra Musidinova birinçi örinni egalladi. Xöjaobod tumanidagi «Ali Tex» MÇJ rahbari Muslimaxon Parpiyeva ikkinçi, Jalolquduq tumanidagi «Eldorbek-Elnurbek yerlari» fermer xöjaligi rahbari Saltanat Raimqulova esa uçinçi öringa sazovor böldi.
Şuningdek, bir qator iştirokçilar turli maxsus nominatsiyalar böyiça taqdirlandilar. Ğoliblar va iştirokçilarga diplom hamda taşakkurnomalar topşirildi.
Mazkur tanlov xotin-qizlarning tadbirkorlik salohiyatini namoyon etiş, ularning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş va ilğor tajribalarini ommalaştirişga xizmat qiladi. Zero, işbilarmon ayollarning muvaffaqiyati yangi iş örinlari, oilalar farovonligi va hududlar taraqqiyotiga hissa qöşadi.