Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 25-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qiliş

Yangiliklar

Anqara sammiti: turkiy hamkorlikning yangi mezonlari va Özbekistonning strategik örni

06.11.2026 930
Anqara sammiti: turkiy hamkorlikning yangi mezonlari va Özbekistonning strategik örni

Şu yil 30 oktyabrda Anqarada Turkiy davlatlar taşkiloti (TDT)ning 13-sammiti bölib ötdi. Unda taşqi siyosiy hamkorlik, savdo, transport, sanoat kooperatsiyasi, raqamli iqtisodiyot, ta’lim va madaniyat kabi muhim yönalişlar muhokama qilindi. Sammit yakunida qabul qilingan deklaratsiya taşkilotning kelgusi faoliyati uçun siyosiy yönalişlarni belgilab berdi. Biroq erişilgan kelişuvlarning ahamiyati ularning qamrovi bilangina ölçanmaydi. Asosiy masala – ilgari surilgan taşabbuslarni amaliy mexanizmlarga aylantiriş, ularning a’zo davlatlar iqtisodiyoti va aholi hayotiga qanday natija berişidir. Özbekiston uçun bu jarayonda öz milliy manfaatlarini ilgari suriş va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalaniş alohida ahamiyatga ega.

Köp tomonlama kelişuvlarni amalga oşirişda davlatlarning tayyorlik darajasi muhim albatta. Xalqaro tajribada bu masalaga turliça yondaşiladi. Masalan, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqida Komissiya öz vakolati doirasida a’zo davlatlar uçun majburiy qarorlar qabul qiladi. Janubi-Şarqiy Osiyo davlatlari uyuşmasi (ASEAN)da esa umumiy kelişuv asosida ayrim iqtisodiy majburiyatlarni dastlab ularni bajarişga tayyor davlatlar amalga oşirişi mumkin. TDTning taşkiliy tuzilişi bu ikki taşkilotdan farq qiladi. Biroq uşbu tajribadan Özbekiston uçun muhim xulosa çiqariş mumkin: savdo, logistika va raqamli hujjat almaşuviga oid yangi tartiblarni dastlab manfaatdor şeriklar bilan sinab köriş, samarali natija bergan mexanizmlarni keyinçalik TDT doirasida kengaytiriş imkoniyatlarini işlab çiqiş.

“Turkiy asr: tilda, fikrda va işda birlik” şiori Anqara sammitining siyosiy ruhini ifodaladi. Ammo tarixiy va madaniy yaqinlikning iqtisodiy samarasi öz-özidan yuzaga kelmaydi. Buning uçun davlatlar örtasidagi kelişuvlar tadbirkorlar faoliyatini yengillaştiradigan, savdo va investitsiyalarga qulay şaroit yaratadigan aniq mexanizmlar bilan mustahkamlanişi zarur.

Sammitning siyosiy mohiyati

Anqara sammitida Turkiy davlatlar taşkilotining faoliyatini taşkiliy jihatdan takomillaştirişga ham e’tibor qaratildi. “Turkiy dunyo nigohi – 2040”da belgilangan maqsadlar asosida 2027–2031 yillarga möljallangan strategiyani işlab çiqişni yakunlaş, strategik şeriklik, abadiy döstlik va qardoşlik töğrisidagi şartnoma loyihasi ustidagi işlarni davom ettiriş hamda doimiy vakillik tizimini şakllantiriş masalalari kun tartibidan örin oldi. Bu jarayonlar taşkilotning faoliyatini sammitlar doirasidagi uçraşuvlar bilangina çeklab qöymasdan, qabul qilingan qarorlar ijrosini muntazam muvofiqlaştirib borişga qaratilgan. Bunda asosiy masala yangi mexanizmlarning vakolatlari va mas’uliyatini aniq belgilaş, ularning amalda samarali işlaşini ta’minlaşdan iborat.

Ikkinçi tomoni şuki, a’zolarning taşqi siyosiy ustuvorliklari va iqtisodiy şeriklari bir xil emas. Şu sababli deklaratsiya yagona taşqi siyosatni emas, xalqaro taşkilotlarda nomzodlarni özaro qöllaş va taşqi işlar vazirlari maslahatlaşuvlari orqali umumiy masalalarda kelişilgan pozitsiyani izlaydi. TDTning BMT Boş Assambleyasi va Islom hamkorlik taşkilotida kuzatuvçi maqomiga intilişi hamda “TDT plyus” doirasida uçinçi tomonlar bilan hamkorlik ham şu mantiqqa mos. Lekin kuzatuvçi maqomiga intiliş uni qölga kiritiş bilan teng emas.

Xavfsizlik yönalişida jinoyatçilikka qarşi hamkorlik kengaşi va kiberxavfsizlik böyiça memorandum ustida iş davom etmoqda, ya’ni ular işlab turgan tuzilma emas. Ammo iqtisodiy ahamiyati katta: raqamli tölov, elektron bojxona va yuk haqidagi axborot almaşuvi kengaygani sayin, bir mamlakatdagi kiberhujum butun ta’minot zanjirini töxtatişi mum­kin. Mintaqaviy masalalar orasida Özbekiston uçun eng muhimi – Afğoniston: u yerdagi barqarorlik Transafğon temir yöli, janubiy bozorlarga çiqiş va çegara xavfsizligiga bevosita ta’sir qiladi. Boşqa mojarolar böyiça bayonotlarning qiymati keyingi diplomatik qadamlar bilan ölçanadi.

Özbekiston – taşabbuslarni şakllantirayotgan iştirokçi

Prezidentimiz nutqida sanoat, transport, tijorat huquqi, turizm, ta’lim va taşqi şeriklik böyiça takliflar bildirildi: “Turkiy dunyo – 100” dasturi, tijorat işlari böyiça huquqiy yordam şartnomasi va elektron hujjat almaşiş platformasi, logistika komplekslari tarmoği, “TDT plyus” formati. Ular bir zanjirning böğinlari: sarmoya kiritiş, işlab çiqariş, mahsulotni jönatiş va uning haqini huquqiy himoyalangan şartnoma asosida oliş. Özbekistonning örni şu zanjirni yaxlit taklif qilganida körinadi.

Ikkinçi asos – juğrofiy. Özbekiston jahon okeani portlariga çiqiş uçun kamida ikki davlat hududidan ötişi zarur bölgan mamlakat, şu ma’noda Örta koridor, Xitoy–Qirğiziston–Özbekiston temir yöli va Transafğon yönalişi biz uçun oddiy transport muammosinigina hal etiş emas, balki eksport barqarorligini ta’minlaş bilan boğliq jiddiy masaladir.

Uçinçi asos – institutsional. Mirvohid Azimovning Turkiy davlatlar taşkilotining yangi Boş kotibi etib tayinlangani e’lon qilindi. Bu Özbekiston vakilining mazkur lavozimga birinçi marta tayinlanişi bilan ahamiyatli. Lekin Boş kotib alohida davlatning emas, barça a’zolarning umumiy manfaati uçun işlaydi, şuning uçun voqeaning ahamiyatini dasturlar ijrosini ta’minlaşdagi institutsional mas’uliyat bilan boğlab baholaş töğriroq. 2027 yilgi 14-sammit Özbekistonda ötişi belgilangan, Qirğizistonning 2027 yili norasmiy sammitga mezbonlik qiliş taşabbusi ham qöllab-quvvatlandi. Şuningdek, Özbekistonning 2027 yildan Qöşilmaslik harakatiga raislik qilişi 2027–2029 yillarda özbek taşabbuslarini kengroq maydonda eşittiriş imkonini beradi, garçi ikki taşkilotning kun tartibi bir xil bölmasa ham.

Iqtisodiy imkoniyatni natijaga aylantiriş şartlari

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lumotiga köra, 2025 yili Özbekistonning Turkiy davlatlar taşkilotiga a’zo mamlakatlar, şuningdek, kuzatuvçi Turkmaniston va Vengriya bilan savdo aylanmasi 10,8 mlrd dollarni taşkil etgan. Bu mamlakatimiz umumiy taşqi savdo aylanmasining taxminan 13 foiziga teng. Uşbu davlatlarga eksport hajmi 3,8 mlrd dollar bölgani holda, hisob-kitoblar uni yana 2,7 mlrd dollarga oşiriş imkoniyati mavjudligini körsatmoqda. Bu amaldagi eksport hajmiga nisbatan qariyb 71 foizlik qöşimça salohiyat deganidir. Albatta, bu kafolatlangan ösiş emas. Mavjud imkoniyatni işga soliş mahsulotlarning raqobatbardoşligi, transport xarajatlarini qisqartiriş, savdodagi texnik tösiqlarni bartaraf etiş va işonçli hamkorlik mexanizmlarini şakllantirişga boğliq.

Tösiqlarning köpi rasmiy kelişuvlarda körinmaydi: sertifikatlaş va texnik reglamentlar farqi, har çegarada qayta tekşiriladigan yuk, bir mamlakatda elektron, boşqasida qoğozda talab qilinadigan hujjat. Şunday şaroitda qöşma zavodning raqobat ustunligi yöqoladi va investitsiyadan kutilgan foyda çeklanadi.

Davlatimiz rahbari taklif qilgan “Turkiy dunyo – 100” dasturi yuzta qöşma investitsiya va sanoat loyihasini şakllantirişga qaratilgan. Özbekiston uçun nodir minerallarni çuqur qayta işlaş, “yaşil” energetika uskunalari va yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar muhim. Lekin bu taklif, tasdiqlangan portfel emas: har bir loyihada texnologiya qayerdan kelişi, mahsulotni kim sotib olişi, kadrlar qanday tayyorlanişi va mahalliy yetkazib beruvçilar qançalik iştirok etişi hali hal bölmagan.

Turkiy investitsiya jamğarmasi uşbu hamkorlikning muhim moliyaviy institutlaridan biridir. Istanbulda joylaşgan jamğarma dastlab 500 mln dollar ustav kapitali bilan taşkil etilgan bölsa, 2025 yil fevralda uning kapitali 600 mln dollarga oşirildi. Jamğarma savdo, sanoat, transport, energetika, raqamli infratuzilma hamda kiçik va örta biznes loyihalarini moliyalaştirişga yönaltirilgan. Biroq uning ustav kapitalini “Turkiy dunyo – 100” dasturi uçun ajratilgan tayyor mablağ sifatida baholaş töğri emas. Har bir loyihaning iqtisodiy samaradorligi, moliyaviy barqarorligi va ehtimoliy xatarlari alohida körib çiqiladi. Şu jihatdan 2025 yil fevralda jamğarma va Turkiy savdo-sanoat palatalari ittifoqi örtasida imzolangan hamkorlik memorandumi ham ahamiyatli. U investitsiya loyihalari uçun işonçli biznes hamkorlarini topiş va moliyalaştiriş imkoniyatlarini özaro boğlaşga xizmat qilişi mumkin.

Huquqiy hamkorlik masalasida Prezidentimiz ilgari surgan muhim taşabbuslardan biri tijorat işlari böyiça köp tomonlama huquqiy yordam şartnomasini işlab çiqiş va elektron hujjat almaşiş platformasini yaratiş taklifidir. Anqara deklaratsiyasida esa fuqarolik işlari böyiça huquqiy yordamga oid köp tomonlama şartnoma ustidagi işlarni davom ettiriş nazarda tutilgan. Bu yönalişda hamkorlikning muayyan huquqiy asoslari allaqaçon mavjud. Jumladan, Özbekiston va Turkiya örtasida 1997 yildan buyon amal qilayotgan ikki tomonlama şartnoma fuqarolik va savdo işlari böyiça sud qarorlarini özaro tan oliş hamda ijro etişni tartibga soladi. Yangi köp tomonlama mexanizmning ahamiyati mavjud kelişuvlarni umumiy qoidalar asosida uyğunlaştiriş, huquqiy yordam jarayonlarini soddalaştiriş va tadbirkorlar uçun qulayliklarni kengaytiriş imkoniyatida körinadi. Ayniqsa, hujjatlarni elektron almaşiş, sörovlarni körib çiqiş muddatlari va sud qarorlarini ijro etiş tartiblarining aniqligi transçegaraviy tijorat munosabatlarida huquqiy işonçni mustahkamlaşi mumkin.

Elektron imzolarni özaro tan oliş masalasida Yevropa Ittifoqining eIDAS reglamenti e’tiborga molik tajriba hisoblanadi. U elektron imzolarning transçegaraviy huquqiy kuçini ta’minlaş uçun umumiy qoidalar bilan birga texnik standartlar va işonçli raqamli infratuzilma ham zarurligini körsatadi. Turkiy davlatlar örtasida ham şunday mexanizmni şakllantiriş uçun bitim qabul qilişning özi yetarli bölmaydi. Milliy elektron imzo tizimlarining özaro muvofiqligi, axborot xavfsizligi va hujjatlarning huquqiy maqomini ta’minlaş tartiblari ham kelişilişi lozim.

Özbekiston va Turkiya örtasidagi ikki tomonlama hamkorlik ham amaliy ahamiyatga ega. 29 oktyabrda Anqarada ötkazilgan oliy darajadagi muzokaralar yakunida Biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaşni ta’sis etiş, imtiyozli savdo doirasidagi tovarlar röyxatini kengaytiriş va bojxona orqali ötadigan tovarlar hamda transport vositalari haqida oldindan elektron axborot almaşişga oid hujjatlar imzolandi. Uşbu kelişuvlar TDTning köp tomonlama qarorlari emas, biroq ularning amalda qöllanişi savdo tartiblarini soddalaştiriş va raqamli axborot almaşuvini takomillaştirişda muhim tajriba bölişi mumkin. Samarali natija bergan ikki tomonlama mexanizmlarni keyinçalik turkiy davlatlar doirasida kengroq muhokama qiliş uçun ham asos paydo böladi.

Transport va texnologiyadagi boğliqlik

Transport hamkorligida Örta kori­dor, Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston temir yöli, Zangazur va Transafğon yönalişlari alohida örin tutadi. Deklaratsiya yölaklar böyiça umumiy strategiya tayyorlaşga va butun marşrut böyiça yuk taşişda uzluksizlikni ta’minlaşga çaqiradi. Ammo yangi temir yöl qurilişi bilan yukning bozorga öz vaqtida yetib borişi bir narsa emas: yuk çegarada hujjat kutsa yoki portda konteyner almaştiriş çözilsa, magistraldan kutilgan tejam yöqoladi. Yukni rasmiylaştiriş muddatini qisqartiriş, elektron ruxsatnomalar va e-CMR kabi hujjatlarni rivojlantiriş masalasi şuning uçun qöyilgan. e-CMR va elektron ruxsatnomalar barça mamlakatlarda bir xil darajada qöllanilmaydi, yölak samarasi şu farqlar qançalik qisqarişiga boğliq.

Prezidentimiz taklif qilgan “Turkiy davlatlar logistika komplekslari tarmoği”ni ombor quriş bilan çeklab bölmaydi: yuk harakati haqidagi ma’lumot, terminal quvvati, konteyner almaşinuvi va taşuvçilar mas’uliyati yagona tizimda boğlanişi kerak. Farğona vodiysida şarqiy temir yölga xizmat qiladigan qayta işlaş, ombor va servis korxonalariga, ğarbiy yönalişlarda esa kiçik yuklarni birlaştirib jönatiş va terminal xizmatlariga ehtiyoj ortişi mumkin. Lekin har bir obyekt oldidan haqiqiy yuk oqimi va buyurtma hajmi tekşirilişi şart.

Raqamli hamkorlik transportdan alohida emas. Transkaspiy optik tolali kabel tarmoği (“Raqamli Ipak yöli”), “Raqamli turkiy dunyo” kontseptsiyasi, sun’iy intellektni boşqariş böyiça maslahatlaşuvlar va elektron imzolarni tan olişga doir işlar bir yönalişda harakat qilmoqda. Elektron şartnoma va yuk haqidagi ma’lumot boşqa mamlakatda huquqiy va texnik jihatdan qabul qilinmasa, raqamlaştirişdan kutilgan yengillik çeklanadi. Özbekiston uçun yana bir qirrasi bor: özbek tilidagi sifatli raqamli ma’lumotlar, mahalliy dasturiy yeçimlar va kiberxavfsizlik mutaxassislari şunday hamkorlikka jalb qilinsa, yangi bozorlar oçiladi. Elektr va ma’lumot infratuzilmasi – Markaziy Osiyo – Ozarboyjon “yaşil” energiya yölagi va kabel loyihalari hamkorlik tovar taşişdan kengroq boğliqlikka tayana boşlaganini körsatadi, lekin ular bir vaqtda işga tuşgani yöq.

Madaniyat va inson kapitali sohasida ham muhim taşabbuslar ilgari surildi. Andijonning 2026 yilda Turkiy dunyoning madaniy poytaxti deb e’tirof etilişi, Turkiy akademiyaning umumturkiy alifbo böyiça tavsiyalari va Prezidentimiz taklif etgan “Umumturkiy sözlar luğati” madaniy yaqinlikni ta’lim, tarjima texnologiyalari va raqamli til resurslari bilan boğlaş uçun yangi imkoniyatlar oçadi.

Turizm sohasida ID-kartalar asosida özaro safar qilişga oid köp tomonlama bitim va “Turkiy turizm alyansi”ni taşkil etiş takliflari alohida ahamiyatga ega. Toşkentning 2027 yilda Turkiy dunyoning turizm poytaxti deb e’tirof etilişi esa qöşma turistik marşrutlarni rivojlantiriş, aviaqatnovlarni kengaytiriş va sayyohlik xizmatlari sifatini oşiriş uçun qöşimça imkoniyat yaratadi.

Prezidentimiz “Yangi Özbekiston stipendiyasi” doirasida turkiy davlatlar yoşlari uçun har yili 200ta ta’lim granti ajratişga tayyorligini bildirdi. Bu taşabbusni turizm, muhandislik, logistika va raqamli iqtisodiyot sohalari uçun malakali kadrlar tayyorlaş bilan boğlaş kelgusida qöşma loyihalarni amalga oşirişga xizmat qilişi mumkin.

Şaharsozlik sohasida esa 2027 yili Özbekistonda TDTga a’zo davlatlarning uy-joy va barqaror urbanizatsiya masalalariga mas’ul vazirlari uçraşuvini ötkaziş taklifi qöllab-quvvatlandi. Yangi Toşkentni 2030 yilgi Butunjahon şahar forumiga mezbon sifatida ilgari suriş taşabbusi ham ijobiy qabul qilindi. Bu borada tegişli xalqaro tanlov va taşkiliy jarayonlar hali oldinda.

O‘zLiDeP uçun yangi vazifalar

Anqara deklaratsiyasi qoidalarining partiya uçun ahamiyati şundaki, uning asosiy elektorati bölgan tadbirkorlar bozorga kiriş, eksport hujjati, transport tarifi va şartnoma kafolati bilan har kuni işlaydi. Xalqaro hujjat milliy darajaga tuşmagunça tadbirkorga heç narsa bermaydi, milliy darajada esa uni qonun, byudjet qarori va idoraviy tartib hal qiladi. Partiyaning örni aynan şu ötiş bosqiçida: qaysi masalada parlament, mahalliy kengaşlar va tadbirkorlar tajribasi tutaşişini aniqlaş va uni qaror qabul qiluvçiga yetkaziş.

Birinçisi – eksportçilar duç kelayotgan tösiqlarni tizimli örganiş. Turkiy davlatlar bozorida işlayotgan tadbirkorlardan qaysi mahsulotga qanday sertifikat talab qilinayotgani, qaysi çegarada qança vaqt yöqotilayotgani, elektron hujjatlar nima sababdan qayta qoğoz şaklida söralayotgani haqida aniq ma’lumotlarni töplaş zarur. Har bir holat mamlakat, tovar, muddat va xarajat bilan yozilsa, u şikoyatdan asosli taklifga aylanadi. Partiya bu ma’lumotni Savdo-sanoat palatasi va sohaviy uyuşmalar bilan soliştirib, fraktsiyaning deputatlik sörovi orqali mas’ul idoralarga kiritişi, javob muddati va natijani oçiq kuzatişi mumkin. Bunda u vakolatli idoraning örnini egallamaydi: davlatlararo şartnoma tuziş vakolati tegişli davlat organlarida qoladi, partiya esa taklifning asosli bölişini ta’minlaydi.

Ikkinçisi – qonunçilik tahlili va parlament nazorati. Fuqarolik işlari böyiça özaro huquqiy yordamga oid xalqaro şartnoma ratifikatsiyaga kiritilganda O‘zLiDeP fraktsiyasi uning tadbirkorlar uçun qanday qöşimça kafolatlar yaratişini, amaldagi ikki tomonlama va köp tomonlama şartnomalardan qaysi jihatlari bilan farq qilişini atrofliça örganişi zarur. Elektron imzolarni özaro tan olişga oid bitimning ratifikatsiya qilinişi esa uning mazmuni va huquqiy maqomiga boğliq. Bu masalalarning çuqur tahlil qilinişi parlament muhokamala­rida aniq va asosli takliflarni ilgari suriş imkonini beradi.

Uçinçisi – hududiy kesim. Transport yölagi yoki sanoat zanjirining foydasi respublika böyiça bir xil taqsimlanmaydi. Farğona vodiysi şarqiy temir yöl bilan boğliq logistika va qayta işlaşda, Navoiy va boşqa sanoat markazlari yuqori qöşilgan qiymatli işlab çiqarişda, xizmat salohiyati kuçli şaharlar turizm va savdoda öz imkoniyatini köradi. Mahalliy kengaş deputatlari aniq yuk va buyurtma hajmlariga tayanib hududiy baho bersa, partiya tayyor investitsiya portfelini emas, mutaxassislar va biznes vakillari uçun dastlabki tahliliy asos taqdim etadi.

Törtinçi yönaliş – xorijiy partiyalar tajribasini örganiş va xalqaro hamkorlikni kengaytiriş. Bu borada Turkiyaning Adolat va taraqqiyot partiyasi (AK Parti) tajribasi e’tiborga molik. Partiya tarkibida 2025 yili Turkiy davlatlar bilan aloqalar böyiça alohida boşqarma taşkil etilib, unga Boş rais örinbosari Kurşad Zorlu rahbar etib tayinlangan. Bu turkiy davlatlar siyosiy partiyalari bilan hamkorlikni tizimli ravişda olib borişga qaratilgan taşkiliy yondaşuvdir.

O‘zLiDePning bu borada muayyan tajribasi va hamkorlik aloqalari mavjud. Jumladan, Turkiyaning AK Parti partiyasi bilan 2025 yil 9 sentyabrda imzolangan memorandum va 2026 yil 7 iyuldagi uçraşuv, şuningdek, Ozarboyjonning “Yangi Ozarboyjon” partiyasi bilan tuzilgan hamkorlik memorandumi partiyalararo munosabatlarni rivojlantiriş uçun asos bölib xizmat qilmoqda. Endi uşbu aloqalarni aniq amaliy işlar bilan boyitiş zarur. Xususan, tadbirkorlarning taşqi bozorlarga çiqişidagi tösiqlarni birgalikda örganiş, qöşma sanoat loyihalari va raqamli savdo böyiça ekspertlar muloqotini taşkil etiş, partiyalar huzuridagi tahliliy markazlar örtasida doimiy hamkorlikni yölga qöyiş muhim vazifalardan hisoblanadi.

Şu bilan birga, Qozoğiston va Qirğizistondagi siyosiy partiyalar bilan hamkorlikni kengaytiriş, turkiy davlatlar partiyalari örtasida iqtisodiy islohotlar va tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş böyiça tajriba almaşişning muntazam mexanizmlarini şakllantiriş O‘zLiDeP xalqaro faoliyatining navbatdagi vazifasi bölişi lozim.

Beşinçisi – ijroni kuzatiş. “Aql markazi”ning eng amaliy işi – TDT qarorlarining haqiqiy maqomini muntazam belgilaş: 2027–2031 yillar strategiyasi yakunlandimi, elektron imzo böyiça bitim imzolandimi, jamğarma qaysi sohalarda loyiha moliyalaştirmoqda, “Turkiy dunyo – 100” böyiça dastlabki saralangan loyihalar bormi? Bu savollarga manbali javob tadbirkor ham, deputat ham tayana oladigan ma’lumot böladi, uning asosiy fazilati esa taşabbusni qabul qilingan qaror deb körsatmasligidir.

Anqara sammiti turkiy hamkorlik qaysi nuqtada turganini körsatdi: siyosiy hamkorlikning taşkiliy asoslari mustahkamlanmoqda, iqtisodiy şeriklikning umumiy qoidalari esa bosqiçma-bosqiç şakllanmoqda. Özbekiston takliflari bu jarayonning sanoat, transport, huquq va inson kapitaliga oid yönalişlarini qamrab olgan. Uşbu taşabbuslarning amaliy natijasi köp jihatdan yangi tartiblarni dastlab ikki tomonlama hamkorlikda sinab köriş va ularni tadbirkorlar hamda hududlarning aniq ehtiyojlari bilan boğlaşga boğliq. O‘zLiDePning hissasi şu yerda ölçanadi: xalqaro hujjatdan milliy darajada amaliyotga kiritiş mumkin bölgan taklif çiqara olişida.

 

Sardor MARIPOV,

O‘zLiDeP Strategik va dasturiy

hujjatlar bilan işlaş departamenti rahbari

Saytni yangi dizayni yoqdimi?