Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 25-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qiliş

Yangiliklar

Barqaror iqtisodiy ösiş — izçil islohotlar samarasi

15.09.2026 802
Barqaror iqtisodiy ösiş — izçil islohotlar samarasi

Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasining navbatdagi yiğilişida Özbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamğarmalari byudjetlarining 2026-yil birinçi yarim yilligidagi ijrosi muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, jahon iqtisodiyotida global xatarlar, taşqi bozorlardagi özgarişlar va noaniqliklar kuçayib borayotgan bir şaroitda mamlakatimiz iqtisodiyoti barqaror ösib bormoqda. Özbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar, tadbirkorlik va investitsiya muhitini yaxşilaş, hududlar salohiyatidan samarali foydalaniş hamda aholi daromadlarini oşirişga qaratilgan çoralar öz samarasini bermoqda.

Xususan, şu yilning birinçi yarim yilligida mamlakat yalpi içki mahsuloti 8,5 foizga ösib, bunday ösiş sur’atlari bozor xizmatlarida 16,9, sanoat işlab çiqarişida 8,0, quriliş işlarida 13,8 va qişloq xöjaligida 4,7 foizni taşkil etdi. Bu natijalar iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida faollik va barqaror ösiş ta’minlanayotganini körsatadi.

E’tiborlisi, hisobot davrida aholi umumiy daromadlari 16,6 foizga oşib, 618,3 trln sömni, pul ötkazmalari 9,3 mlrd dollarni, iqtisodiyotga kredit qöyilmalari esa 702,9 trln sömni taşkil qildi. Töğridan-töğri xorijiy investitsiyalar hajmi esa 33,4 foizga oşib, 12,4 mlrd dollarga yetdi.

Ötgan davrda iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida ijobiy ösiş kuzatildi. Jumladan, yanvar-iyun oylarida sanoat mahsulotlari işlab çiqariş hajmi 637,2 trln sömni taşkil etdi. Xizmatlar sohasida 251,8 trln sömlik çakana savdo aylanmasi qayd etilgan bölsa, qişloq xöjaligida 271 trln sömlik mahsulot işlab çiqarilib, quriliş işlari hajmi 192 trln sömni taşkil qildi.

Munozaralar davomida fraksiya a’zolari bu natijalar Özbekistonda iqtisodiy ösiş va moliyaviy barqarorlikni ta’minlaş, eng avvalo, aholi turmuş şaroiti va farovonligini yuksaltiriş, barqaror daromad manbalarini köpaytiriş va kambağallikni qisqartiriş borasida olib borilayotgan izçil islohotlarning samarasi ekanligini alohida qayd etdilar.

Fraksiya a’zolari mamlakatda amalga oşirilayotgan makroiqtisodiy islohotlarni, byudjet daromadlarining barqaror ösişini, şuningdek, tadbirkorlik subyektlarini qöllab-quvvatlaş va ular uçun qulay işbilarmonlik muhitini yaratişga qaratilgan çora-tadbirlarni ijobiy baholadilar.

Şuningdek, byudjet mablağlarini ajratişda natijadorlik va maqsadli indikatorlarga erişiş ustidan monitoringni kuçaytiriş, investitsiya dasturlariga kiritilgan obyektlarni foydalanişga topşiriş muddatlariga qat’iy rioya etiş, soliq va bojxona imtiyozlarining samaradorligini har bir soha va korxona kesimida çuqur tahlil qiliş böyiça takliflar berildi.

Savol-javoblardan söng, Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamğarmalari byudjetlarining 2026-yil birinçi yarim yillikdagi ijrosi töğrisidagi hisobot qöllab-quvvatlandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?