Baxmalda xotin-qizlar uçun bepul tibbiy körik taşkil etildi
«Xalq bilan birga» umummilliy dasturi doirasidagi «Salomatlik sari» loyihasi asosida Baxmal tumanining Ösmat mahallasida xotin-qizlar uçun bepul tibbiy körik ötkazildi.
Viloyatdan kelgan tibbiy mobil laboratoriya orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj 80 nafardan ortiq ayol kardiolog, terapevt, onkolog, ginekolog va boşqa mutaxassislar körigidan ötdi. Salomatligida muammo aniqlanganlarga zarur tavsiya va yöllanmalar berildi.
Şuningdek, tadbir davomida soğlom turmuş tarzi, töğri ovqatlaniş va kasalliklarning oldini oliş böyiça tuşuntiriş işlari olib borildi.
Bunday manzilli tibbiy köriklar, avvalo, qişloq ayollarining salomatligini asraş, ularga malakali tibbiy xizmatni yaqinlaştiriş hamda inson qadri va salomatligiga bölgan e’tiborni kuçaytirişga xizmat qiladi.