Buxoroda yoşlarning kreativ biznes loyihalari taqdimoti bölib ötdi
Buxoro davlat universitetida O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida “Kreativ tadbirkor yoşlar” forumi bölib ötdi.
Forumning asosiy qismida yoşlar özlarining kreativ va innovasion biznes loyihalarini taqdim etdi. Jumladan, Boburmirzo Toyirov «Robokit», Mirjon Hikmatillayev «Edumate», Zarina Komilova «Recarbon», Mohinur Hikmatillayeva «Kidgarden» va Sevinç Hasanova «TopAI» loyihalari bilan iştirok etdi.
Taqdimotlar davomida yoşlarning mazkur taşabbuslarini amalga oşiriş imkoniyatlari va iqtisodiy ahamiyatiga e’tibor qaratildi. Iştirokçilarning ğoyalari yoşlarning bilim va salohiyatini amaliy loyihalarga yönaltiriş, yangi yeçimlar ustida işlaş hamda tadbirkorlik könikmalarini rivojlantirişga intilişini namoyon etdi.
Forum yakunida faol iştirokçilar va istiqbolli loyihalar mualliflari partiya faollari hamda deputatlar tomonidan taqdirlandi.