Davlatobodda xalq dardi tinglandi: murojaatlar yeçimi böyiça aniq vazifalar belgilandi
O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Davlatobod tumanidagi “Yangi Özbekiston — yoşlar ziyo maskani”da navbatdagi sayyor qabul ötkazildi. Unda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati, tuman hokimi, Markaziy bankning viloyat boşqarmasi rahbari, mahalliy Kengaş deputatlari, partiya faollari va mutasaddi taşkilotlar rahbarlari iştirok etib, fuqarolarning murojaat va takliflarini bevosita tingladi. Qabul davomida fuqarolar tomonidan 50 dan ortiq murojaatlar kelib tuşularning 22 tasi joyida ijobiy hal etildi.
Xususan, xususiy maktabgaça ta’lim taşkiloti tarbiyalanuvçilarini taşiş uçun transport vositasi ajratiş böyiça amaliy çoralar belgilandi. Şuningdek, soğliğida muammosi bölgan 10 nafarga yaqin fuqaro bepul tibbiy körikdan ötkazilib, ularga zarur tavsiyalar va ixtisoslaştirilgan davolaş muassasalariga yöllanmalar berildi. Işsiz fuqarolarga böş iş örinlari taklif qilinib, nafaqa va ijtimoiy yordam bilan boğliq bir qator masalalar ham tegişli taşkilotlar iştirokida hal etildi.
Qöşimça örganişlar talab qiladigan murojaatlar böyiça mas’ullarga aniq vazifalar va ijro muddatlari belgilanib, ular deputatlik nazoratiga olindi. Sayyor qabulda har bir murojaatga inson taqdiri va manfaati bilan boğliq masala sifatida yondaşiş muhimligi alohida ta’kidlandi. “Xalq bilan birga” dasturi doirasidagi bunday oçiq muloqotlar aholi muammolarini joyida örganiş, ularga amaliy yeçim topiş va davlat idoralari bilan xalq örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaşga xizmat qilmoqda.